O‘zbekistonliklar Gruziyaga kirishda endi tibbiy sug‘urta taqdim etishi shart

2026 yil 1 yanvardan boshlab Gruziyaga kirayotgan barcha xorijiy fuqarolar tibbiy sug‘urta polisiga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi eslatdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Sug‘urta polisisiz mamlakatga kirishga ruxsat berilmaydi. Talabga amal qilmaganlar uchun 300 lari (taxminan 1,3 mln so‘m) miqdorida jarima belgilangan.
Polis ingliz yoki gruzin tilida rasmiylashtirilgan bo‘lishi va Gruziyada qolishning butun muddati davomida amal qilishi lozim. Minimal sug‘urta qoplovi shoshilinch ambulator yordam uchun 5 ming dollar, shifoxonada davolanish uchun esa 30 ming dollar etib belgilangan. Bu qamrov baxtsiz hodisalar, jarohatlar, evakuatsiya hamda repatriatsiyani ham o‘z ichiga oladi.
Tog‘li hududlarga borishni rejalashtirganlar uchun qo‘shimcha talablar mavjud. Sug‘urta hujjatini bosma ko‘rinishda yoki telefon orqali o‘zingiz bilan olib yurish tavsiya etiladi — uni chegaradan o‘tishda ham, mamlakat ichida ham tekshirishlari mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!