Tramp Kolumbiyada harbiy amaliyot o‘tkazilishi ehtimolini istisno etmadi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kolumbiyada harbiy amaliyot o‘tkazilishi ehtimoli borligini aytdi. U bu fikrni jurnalistlar bilan suhbatda, samolyot bortida bildirgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Tramp avvalroq Kolumbiya yetakchisi Gustavo Petroni AQSHga narkotik moddalar ishlab chiqarish va ularni yetkazib berishga aloqadorlikda ayblagan. AQSH rahbarining ta’kidlashicha, “Kolumbiya ham og‘ir ahvolda”, mamlakatni esa “kokaindan foyda ko‘rishni yoqtiradigan” shaxs boshqarayotgani va bu holat uzoq davom etmasligi mumkin.
Jurnalistlar undan Venesuelada yaqinda qo‘llangan usullarga o‘xshash tarzda harbiy yo‘l bilan harakat qilish ehtimoli haqida so‘raganida, Tramp bunday ssenariy “yomon eshitilmaydi”, deya javob bergan. Bayonot mintaqadagi taranglik kuchayib borayotgan bir paytda yangradi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar boshida AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni asir olgani haqida xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!