Sun’iy intellektga ishongan fermer 10 gektar hosilidan ayrildi

1 daqiqa o'qish213
Sun’iy intellektga ishongan fermer 10 gektar hosilidan ayrildi

Xitoyda 67 yoshli fermer sun’iy intellekt tavsiyasiga amal qilib, qariyb 10 gektarlik kunjut hosilidan ayrildi. Bu haqda mahalliy Ctwant nashri xabar berdi.

Anxoy provinsiyasida yashovchi fermer bir yildan buyon ekin ekish, o‘g‘itlash va pestitsidlardan foydalanish bo‘yicha sun’iy intellektdan maslahat olib kelgan. Iyul oyida u kunjut dalasidagi begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashish usulini so‘ragan.

Sun’iy intellekt unga bir nechta preparatdan foydalanishni tavsiya qilgan. Fermer esa agronomlar bilan maslahatlashmasdan, tavsiya qilingan vositalar bilan dalaga ishlov bergan. Bir kun o‘tib, kunjut ko‘chatlari ham begona o‘tlar singari qurib, nobud bo‘la boshlagan.

Mutaxassislardan biri preparatlardan asosan soya dalalaridagi keng bargli begona o‘tlarga qarshi foydalanilishini aniqlagan. Shu sababli uni kunjut maydoniga to‘liq qo‘llash mumkin bo‘lmagan.

Bu holat sun’iy intellekt tavsiyalarini mutaxassis maslahatisiz so‘zsiz amalga oshirish xavfli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, sun’iy intellekt ilm-fanda katta imkoniyatlar ochmoqda. Avvalroq Stenford universiteti olimlari Evo 2 modeli yordamida E. coli bakteriyalarini yo‘q qilishga qodir yangi bakteriofaglarni yaratgan edi.

SI yordamida genomlarni loyihalash kelajakda yangi dori vositalarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkin. Biroq bu texnologiya bilan bir qatorda bioxavfsizlik va biologik tahdidlardan himoyalanish masalalari ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?