Ronaldu va Jorjinaning to‘yi: e’tiborni tortgan tafsilotlar

1 daqiqa o'qish409
Ronaldu va Jorjinaning to‘yi: e’tiborni tortgan tafsilotlar
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Krishtianu Ronaldu model va inflyuyenser Jorjina Rodriges bilan 11 avgust kuni Portugaliyada turmush qurdi.
  • Nikoh marosimi Lissabon yaqinidagi Kashkaysh sohil shahrida o'tkazilib, unda juftlikning besh nafar farzandi ham ishtirok etdi.
  • Ronaldu to'ydan so'ng Jorjinaning qo'li va nikoh uzuklari aks etgan suratni Instagram'ga joyladi va post 30 daqiqada uch milliondan ortiq layk to'pladi.

Futbol olamining mashhur yulduzi Krishtianu Ronaldu uzoq yillardan beri birga bo‘lib kelayotgan sevgilisi, model va inflyuyenser Jorjina Rodriges bilan turmush qurdi. Juftlikning nikoh marosimi 11 avgust kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Ronalduning vakillari “Reuters”ga ma’lum qildi.

To‘ydan so‘ng Ronaldu o‘zining Instagram sahifasida Jorjinaning qo‘li va undagi nikoh uzuklari aks etgan suratni e’lon qildi. Ushbu post qisqa vaqt ichida muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Xususan, surat joylanganidan atigi 30 daqiqa o‘tib, uch milliondan ortiq layk to‘pladi.

Ma’lum bo‘lishicha, yilning eng ko‘p kutilgan marosimlaridan biri Portugaliya poytaxti Lissabon yaqinidagi Kashkaysh sohil shahrida tashkil etilgan. Tantanada Ronaldu va Jorjinaning besh nafar farzandi ham ishtirok etgan.

Juftlik qariyb 10 yildan beri birga

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges qariyb 10 yildan beri birga hayot kechirib kelmoqda. Ular Jorjina ishlagan Madriddagi Gucci do‘konida tanishgan. O‘sha davrda Ronaldu “Real Madrid” klubi safida to‘p tepar edi.

Qizig‘i, Ronaldu aynan bir yil avval, 11 avgust kuni Jorjinaga turmush qurish taklifini bildirgan edi. O‘shanda Rodriges katta nikoh uzugi aks etgan suratni ijtimoiy tarmoqda e’lon qilib, ispan tilida: “Ha, men roziman. Bu safar ham, butun hayotim davomida ham”, deya yozgan.

Shu tariqa, uzoq yillik munosabatlar rasmiy nikoh bilan yangi bosqichga ko‘tarildi.

Ronalduning futboldagi faoliyati

Krishtianu Ronaldu professional faoliyati davomida Lissabonning “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid”, “Yuventus” hamda Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klublari sharafini himoya qilgan.

Futbolchi yaqinda faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionatida ham ishtirok etdi. Bu ko‘rsatkich erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionatlarida eng ko‘p ishtirok etish rekordi hisoblanadi. Ronaldu ushbu natijani argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi bilan baham ko‘rmoqda.

Shunday qilib, Ronaldu uchun 11 avgust nafaqat sport faoliyatidagi muhim sanalardan biri, balki shaxsiy hayotidagi eng quvonchli kunlardan biri sifatida ham tarixda qoldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?