Qozog‘istonda go‘zallik xizmatlariga qancha mablag‘ sarflandi?

1 daqiqa o'qish138
Qozog‘istonda go‘zallik xizmatlariga qancha mablag‘ sarflandi?

Qozog‘istonda 2025 yilda go‘zallik sohasi xizmatlari hajmi 127,3 milliard tengeni tashkil etdi. Bu haqda mamlakat Milliy statistika byurosi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Eng katta ulush sartaroshlik xizmatlariga to‘g‘ri kelgan. O‘tgan yili ushbu xizmatlar hajmi 67,5 milliard tenge bo‘lib, 2024 yilga nisbatan 5,3 foizga oshgan.

Kosmetologiya xizmatlari, jumladan, manikyur va pedikyur uchun ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 7,5 milliard tengeni tashkil qilgan.

Shuningdek, go‘zallik salonlarining boshqa xizmatlari, jumladan, inson sochiga ishlov berish bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 52,3 milliard tengega yetgan.

Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, go‘zallik xizmatlari sohasi nafaqat shaharlarda, balki qishloq joylarda ham rivojlanmoqda.

Xususan, 2025 yilda qishloqlarda sartaroshlik xizmatlari hajmi 2024 yilga nisbatan 4,2 foizga oshib, 34,3 milliard tengeni tashkil etgan.

Bundan tashqari, qishloq joylarda go‘zallik salonlarining boshqa xizmatlari hajmi 1,9 milliard tenge, kosmetologiya xizmatlari esa 814,9 million tenge bo‘lgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?