Hindistonda yetti ishchi 52 ming dollarlik olmos topib oldi

2 daqiqa o'qish224
Hindistonda yetti ishchi 52 ming dollarlik olmos topib oldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Hindistonning Panna hududida yetti ishchi 17,96 karat og'irlikdagi, dastlabki qiymati kamida 5 million rupiy — taxminan 52,4 ming dollar deb baholangan olmos topdi.
  • Panna olmos idorasi xodimi Ravi Patel toshni «gem sifatli» olmos deb baholadi.
  • Olmos oktyabr oyidagi choraklik auksionda sotiladi, davlat esa tushumning 12 foizini royalti sifatida ushlab qoladi.
  • Qolgan mablag' yetti ishchi o'rtasida teng taqsimlanadi.

Hindistonning markaziy qismidagi olmos qazib olish hududi hisoblangan Pannada yetti nafar kambag‘al ishchi hayotini butunlay o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan qimmatbaho topilmaga ega bo‘ldi. Ular ikki yil avval ijaraga olgan yer maydonida og‘irligi 17,96 karat bo‘lgan yirik olmos topishdi.

Panna olmos idorasi xodimi Ravi Patel mazkur toshni «gem sifatli», ya’ni tabiiy olmoslarning eng sifatli va nodir turlaridan biri deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, olmosning dastlabki qiymati kamida 5 million rupiy — taxminan 52,4 ming dollar deb baholanmoqda.

Olmos ishchilar hayotini o‘zgartirishi mumkin

Olmos topilgan Panna Madhya-Pradesh shtatida joylashgan bo‘lib, bu hudud Hindistondagi olmos zaxiralarining asosiy qismi to‘plangan joylardan biri hisoblanadi. Biroq mintaqa mamlakatning eng kam rivojlangan hududlaridan biri bo‘lib, aholi kambag‘allik, ishsizlik va suv tanqisligi kabi muammolarga duch kelmoqda.

Shu sababli mahalliy aholi uchun qimmatbaho olmos topish katta imkoniyat hisoblanadi. Ammo olmos topgan odam har doim ham uning daromadidan foydalana olmaydi. Pannadagi ko‘plab konchilar kunbay ishlaydi va agar ular olmos topsa, tushgan mablag‘ asosan yerni ijaraga bergan shaxsga tegadi.

Bu safar esa vaziyat boshqacha. Olmosni topgan yetti ishchining o‘zi uning sotuvidan daromad olishi mumkin.

Olmosni qanday topishdi?

Ma’lum bo‘lishicha, Axilesh Pal va yana olti nafar ishchi ikki yil avval Pannaning Sarokxa qishlog‘idagi konni arzon narxda ijaraga olgan. Biroq ular uzoq vaqt davomida omadli topilmaga duch kelmagani sababli konni bir yilga yopib qo‘yishgan.

Yaqinda ular qo‘shni hududda yangi kon ishini boshlashgan. Kuchli yomg‘irdan keyin eski konni ham tekshirishga qaror qilishgan va aynan shu paytda qimmatbaho toshni ko‘rib qolishgan.

«Biz u yerda taxminan ikki yil qazib ishladik, ammo omadimiz kelmadi. Shuning uchun konni bir yilga yopdik. Yangi konni boshlaganimizda eskisini ham ko‘rib chiqdik va olmosni aynan o‘sha yerdan topdik», — dedi Pal.

Olmos oktyabr oyida auksionga qo‘yiladi

Ravi Patelning ma’lum qilishicha, olmos oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi choraklik auksionda sotuvga chiqariladi. Unda Hindistondan tashqari boshqa davlatlardan kelgan xaridorlar ham ishtirok etishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat sotuv mablag‘idan 12 foiz royalti ushlab qoladi. Qolgan pul esa olmosni topgan yetti ishchi o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Bu esa ishchilar uchun katta moliyaviy imkoniyat bo‘lishi mumkin. Mahalliy OAVga uch nafar ishchi hozirgacha kambag‘allik sababli uylanish imkoniga ega bo‘lmaganini aytgan. Endi esa ushbu kutilmagan topilma ularga hayotini o‘zgartirish va oila qurish imkonini berishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?