Buyuk Britaniyada odamlar cho‘chqa bo‘lish uchun £1,200 to‘layaptimi? (video)

1 daqiqa o'qish307
Buyuk Britaniyada odamlar cho‘chqa bo‘lish uchun £1,200 to‘layaptimi? (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Buyuk Britaniyada odamlar stressdan xalos bo‘lish uchun ikki kun davomida cho‘chqa kabi yashaydigan noodatiy “Pig Spa”ga borayotgani haqida video tarqaldi. Unda ishtirokchilar maxsus kiyimlarda loyga ag‘darilib, tog‘oradan ovqatlanayotgani va cho‘chqaga o‘xshab ovoz chiqarayotgani aks etgan.

Videodagi ma’lumotlarga ko‘ra, bunday g‘ayrioddiy tajriba uchun odamlar 1 200 funt sterling (taxminan 1 620 dollar) to‘laydi. Go‘yoki uning maqsadi ish, telefon va kundalik majburiyatlardan uzoqlashib, stressni kamaytirishdan iborat.

Biroq bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. FactCheck manbalari tarqalgan videoni tekshirib, uning Buyuk Britaniyaning “The B@it” nomli satirik komediya dasturi uchun suratga olinganini aniqlagan. Videodagi “mehmonlar” ham aslida aktyorlar bo‘lgan.

Channel 4 Comedy tomonidan 2022 yil 27 noyabrda e’lon qilingan videoning o‘zi ham “Buyuk Britaniyadagi ilk “Pig Spa” tarzida satirik lavha sifatida taqdim etilgan.

Shu sababli Buyuk Britaniyada odamlar haqiqatan ham £1,200 to‘lab cho‘chqa bo‘lib yashaydigan spa faoliyat yuritayotgani haqidagi ma’lumot asossiz. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video esa kulgi va kinoya asosidagi sahnalashtirilgan kontentdir.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?