Xitoylik olimlar o‘zini-o‘zi tiklay oladigan “tirik” to‘qima yaratdi

1 daqiqa o'qish117
Xitoylik olimlar o‘zini-o‘zi tiklay oladigan “tirik” to‘qima yaratdi

Xitoylik tadqiqotchilar zamburug‘ mitseliyidan tayyorlangan, shikastlanganda o‘zini tiklay oladigan yangi turdagi “tirik” to‘qima yaratdi. Mazkur ishlanma Xitoy Fanlar akademiyasining Shenchjen ilg‘or texnologiyalar instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan.

Tadqiqotda Cordyceps militaris zamburug‘idan foydalanilgan. An’anaviy zamburug‘ asosidagi materiallardan farqli ravishda, yangi texnologiyada mitseliy hujayralari tirik holda saqlanadi. Shu sababli material shikastlanganda uning tolalari qayta o‘sib, uzilgan qismlarni bir-biriga bog‘lash imkoniga ega bo‘ladi.

Olimlar yangi material imkoniyatlarini namoyish etish uchun undan kiyim prototipini ham yaratgan. Tajribalar materialning suvni qaytarishi va o‘zini tozalash xususiyatiga ega ekanini ko‘rsatgan. Shuningdek, unga ultrabinafsha nurlaridan himoyalanish xususiyatini berish uchun boshqa mikroorganizmlardan foydalanish mumkin.

Yangi materialning yana bir muhim jihati — uning biologik parchalanish xususiyati. Tadqiqotlarda u tuproqqa ko‘milganidan keyin taxminan 41 kun ichida deyarli to‘liq parchalangani kuzatilgan. Bu esa kelajakda ekologik toza va qayta ishlanadigan kiyim-kechak yaratish imkoniyatini oshiradi.

Biroq texnologiya hozircha tajriba va prototip bosqichida. Materialning kundalik foydalanishga qanchalik chidamli ekani, uni yuvish imkoniyati va uzoq muddat xizmat qilishi kabi masalalar hali qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?