Misr sohilidagi noodatiy mehmon dam oluvchilarni hayratga soldi (video)

Misrning mashhur Abu Dabbab sohilida sayyohlar orasida tuya paydo bo'lib, plyaj bo'ylab bemalol sayr qildi. Hayvon atrofidagi odamlar, shovqin-suron va kameralarga deyarli e'tibor bermadi. Uning sohilda qanday paydo bo'lgani hozircha noma'lum, voqea esa dam oluvchilar tomonidan telefonlarga tasvirga olindi.
Misrning mashhur Abu Dabbab sohilida hordiq chiqarayotgan sayyohlar kutilmagan manzaraga duch kelishdi. Odatda sayyohlar bilan gavjum bo‘ladigan qumli plyajda bu safar noodatiy “mehmon” — tuya paydo bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda tuyani plyaj bo‘ylab bemalol sayr qilayotganini ko‘rish mumkin. Qizig‘i, hayvon atrofidagi odamlar, shovqin-suron va kameralar unga deyarli ta’sir qilmagan.
Aksincha, tuya o‘zini xuddi bu joy uning odatiy hududidek erkin tutib, sayyohlar orasida bir muddat kezib yurgan. Uning kutilmagan tashrifi dam oluvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ko‘pchilik noodatiy holatni telefonlariga tasvirga olgan.
Tuyaning sohilda qanday paydo bo‘lgani haqida esa hozircha aniq ma’lumot berilmagan. Kutilmagan mehmonning sayr qilishi aks etgan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda ham turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.
Sizningcha, tuyaning sohilda paydo bo‘lishi tasodifmi yoki u ham sayyohlar qatorida hordiq chiqarishga kelganmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.






























Izohlar 0
…