Massachusets sohilida kutilmaganda odamxo‘r akula paydo bo‘ldi

1 daqiqa o'qish197
Massachusets sohilida kutilmaganda odamxo‘r akula paydo bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSHning Massachusets shtatidagi Keyp-Kod sohillarida Neyt va Nelson Ruett aka-ukalari taxminan 1,5 metrlik yosh yo'lbars akulasini tutib olishdi.
  • Yo'lbars akulalari odatda iliq janubiy suvlarda uchraydi, ovqat tanlamasligi va inson uchun nisbatan xavfli turlardan biri sanalishi bilan mashhur.
  • Bostondagi Yangi Angliya akvariumi olimi Jon Chisholmning aytishicha, so'nggi yillarda bu tur vakillari shimoliy suvlarda tobora ko'proq kuzatilmoqda.

AQSHning Massachusets shtatidagi Keyp-Kod sohillarida baliqchilar kutilmagan «mehmon»ga duch kelishdi. Sport baliqchiligi bilan shug‘ullanib kelayotgan aka-uka Neyt va Nelson Ruett navbatdagi ov paytida yosh yo‘lbars akulasini tutib olishdi.

Aka-ukalar iyul oyi oxirida sohildan taxminan 1,5 metrlik akula tutgan. Ular bir necha soat davomida ancha ko‘p uchraydigan qo‘ng‘ir akulalarni qidirishgan. Biroq suvdan chiqarilgan akula tanasidagi gorizontal chiziqlarni ko‘rgan Neyt uning yo‘lbars akulasi ekanini darhol anglagan.

«Bu yo‘lbars akulasi!» deya hayrat bilan ukasiga xabar bergan Neyt dastlab unga ishonishmaganini aytgan. Keyinchalik akula o‘lchami va tashqi belgilari ham uning mazkur turga mansubligini tasdiqlagan.

Yo‘lbars akulalari odatda Karib dengizi kabi iliqroq janubiy suvlarda ko‘proq uchraydi. Ular ovqat tanlamasligi bilan mashhur bo‘lib, baliqlar, qisqichbaqasimonlar va dengiz qushlaridan tortib turli buyumlargacha yutib yuborishi mumkin. Ayrim akulalarning qornidan hatto poyabzal va boshqa sun’iy buyumlar ham topilgan.

Katta yo‘lbars akulalari 4,5 metrdan ortiq uzunlikka va 600 kilogrammdan ziyod vaznga yetishi mumkin. Ular inson uchun nisbatan xavfli akula turlaridan biri sanaladi. Shunga qaramay, sababsiz hujumlar kam uchraydi.

Mutaxassislar esa Massachusetsda yosh yo‘lbars akulasining paydo bo‘lishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bostondagi Yangi Angliya akvariumi olimlaridan Jon Chisholmning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda bu tur vakillari shimoliy suvlarda tobora ko‘proq kuzatilmoqda.

Olimlar bu holatni okeanlarning isishi bilan bog‘lamoqda. Suv haroratining ko‘tarilishi yo‘lbars akulalari uchun Yangi Angliya sohillarini avvalgidan qulayroq muhitga aylantirayotgan bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar hatto bu hudud kelajakda yosh yo‘lbars akulalari uchun tabiiy «bog‘cha»ga aylanishi ehtimolini ham o‘rganmoqda. Agar shunday bo‘lsa, bu dengiz ekotizimidagi jiddiy o‘zgarishlardan biri bo‘lishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?