Erkak og‘zini zanjirlab, yordam so‘rab ochlik e’lon qildi (video)

1 daqiqa o'qish213
Erkak og‘zini zanjirlab, yordam so‘rab ochlik e’lon qildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kadrlarda bir erkak o‘z noroziligini bildirish va muammosiga e’tibor qaratish maqsadida og‘zini metall zanjir hamda qulflar bilan berkitgani aks etgan.

Video murojaatida u bunday keskin qarorga chorasizlik tufayli qo‘l urganini bildirgan. Erkak o‘z muammolari hal etilishi va mas’ullar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini talab qilgan.

Uning aytishicha, tegishli idoralardan yordam olmagunicha ochlik e’lon qilgan holda, og‘ziga o‘rnatgan zanjirlarni yechmaslik niyatida.

Videodagi holat internet foydalanuvchilari o‘rtasida turli fikrlarga sabab bo‘lib, erkakning nima sababdan bunday keskin choraga qo‘l urgani haqida savollar paydo bo‘lmoqda.

Hozircha videodagi erkakning shaxsi va qayerdan ekani aniqlanmagan. Shuningdek, rasmiylar hozircha mazkur holat yuzasidan munosabat bildirmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?