Ronaldu va Jorjina mulklarini alohida saqlashga kelishdi

1 daqiqa o'qish12.1K
Ronaldu va Jorjina mulklarini alohida saqlashga kelishdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges nikohdan keyin «mulkni ajratish» rejimiga amal qilishga kelishgan, bu tartib har biriga nikohgacha va nikoh davrida o'z nomiga orttirgan aktivlarini alohida saqlash imkonini beradi.
  • Juftlik 11 avgust kuni Portugaliyaning Kashkaysh shahridagi qarorgohida, besh nafar farzandi ishtirokida nikohdan o'tgan.

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges nikohdan so'ng ham mol-mulklarini alohida saqlash tartibini tanlagan. Bu haqda «Jornal de Notícias» nashri nikoh hujjatlariga tayanib xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, juftlik 11 avgust kuni Portugaliyaning Kashkaysh shahridagi qarorgohida nikohdan o'tgan. Marosim juda tor doirada tashkil etilgan bo'lib, unda juftlikning besh nafar farzandi ham ishtirok etgan.

Nikohdan bir kun oldin, 10 avgust kuni Ronaldu va Rodriges Lissabondagi notarial idorada nikoh shartnomasini imzolagan. Hujjatga ko'ra, ular «mulkni ajratish» rejimiga amal qiladi. Bu tartib har bir tomonga nikohgacha ega bo'lgan hamda nikoh davrida o'z nomiga orttirgan aktivlarini alohida saqlash imkonini beradi.

Nikoh guvohnomasida juftlikning familiyalarini o'zgartirmagani va doimiy yashash joyi sifatida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod ko'rsatilgani ham qayd etilgan. Marosimda Ronalduning yaqin do'sti Migel Paysan, Jorjinaning singlisi Ivana Rodriges hamda ispaniyalik zargar Xose Rodriges Sangil va uning rafiqasi Monika Gonsales Martines guvoh sifatida qatnashgan.

Marosimda Ronalduning onasi Dolores Aveyru va uning opa-singillari ishtirok etmagan. Biroq bu holat oilaviy ziddiyat borligini anglatishi haqida rasmiy ma'lumot yo'q.

Ronaldu va Jorjina 2016 yilda Madridda tanishgan. O'sha paytda Rodriges «Gucci» do'konida sotuvchi bo'lib ishlagan. Juftlik 2025 yil avgust oyida nikohlanishini e'lon qilgan edi.

Shu tariqa, qariyb o'n yillik munosabatlardan so'ng oila qurgan mashhur juftlik nikohni rasmiylashtirish bilan birga, katta moliyaviy aktivlarini boshqarish bo'yicha ham huquqiy tartibni belgilab olgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?