Yaponiyada kuchli yog'ingarchilik favqulodda vaziyatni yuzaga keltirdi

1 daqiqa o'qish186
Yaponiyada kuchli yog'ingarchilik favqulodda vaziyatni yuzaga keltirdi

Yaponiyaning sharqiy hududlarida kuzatilgan rekord darajadagi kuchli yomg'irlar jiddiy oqibatlarga olib keldi. Tabiiy ofat oqibatida kamida 8 kishi halok bo'lgan, Chiba prefekturasida esa elektr ta'minoti va transport harakati izdan chiqqan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 13 avgust kuni Chiba prefekturasida bir soat davomida 100 millimetrdan ortiq yog'ingarchilik kuzatilgan. Bu ko'rsatkich avgust oyi uchun o'rtacha miqdordan qariyb uch barobar yuqori bo'lib, hududdagi eng kuchli yog'ingarchiliklardan biri sifatida qayd etilgan.

Kuchli yomg'irlar sabab 20 mingdan ortiq xonadon elektr energiyasisiz qolgan. Ayrim hududlarda ko'chkilar yuzaga kelgan, temiryo'l qatnovi va avtomobil yo'llarining harakati vaqtincha cheklangan.

Mahalliy hokimiyat tomonidan xavf darajasi eng yuqori bo'lgan beshinchi bosqichdagi favqulodda ogohlantirish e'lon qilingan. 100 mingdan ziyod xonadon aholisiga xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish tavsiya etilgan.

Halok bo'lganlar orasida suv bosgan yo'lda avtomobil ichida qolib ketgan ayol ham bor. Yana ikki kishi ko'chada yiqilganidan so'ng vafot etgan.

Tabiiy ofat Tokiodagi Narita xalqaro aeroporti faoliyatiga ham ta'sir ko'rsatgan. Minglab yo'lovchilar aeroportda qolib ketgan, qariyb 1 800 kishi esa Chiba prefekturasi hukumati binosida tunni o'tkazgan.

Aeroport ma'muriyati juma kuni reyslarni reja asosida amalga oshirish ko'zda tutilganini bildirgan. Biroq ob-havo sharoiti sabab ayrim parvozlarda kechikishlar bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?