Hovli oldida namoz o‘qigan musulmon videosi tarqaldi

1 daqiqa o'qish3.1K
Hovli oldida namoz o‘qigan musulmon videosi tarqaldi

AQSHda bir musulmon haydovchining yo‘l chetida namoz o‘qiyotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu tasvirlarni uy egasi bo‘lgan xristian ayol internetga joylashtirib, turli din vakillariga nisbatan hurmat va bag‘rikenglikka chaqirgan.

Ma’lum qilinishicha, Ramazon oyida bir haydovchi ibodat qilish uchun xavfsiz joy qidirgan va ayolning uyi qarshisida to‘xtagan. U yerda yo‘l harakatiga xalal bermagan holda namozini ado etgan. Uy egasi esa bu holatni salbiy qabul qilmasdan, aksincha, videoga olib, ijtimoiy tarmoqda ulashgan.

Ayolning aytishicha, u videoni jamoatchilikka tarqatish orqali insonlarning diniy e’tiqodi turlicha bo‘lishiga qaramay, bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhimligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

Videoning tarqalishi AQSHda musulmonlarga nisbatan munosabatlar yana muhokama qilinayotgan paytga to‘g‘ri keldi. Jumladan, kongressmen Nensi Meys so‘nggi haftalarda musulmonlar va islomga nisbatan keskin bayonotlari bilan tanqidlarga uchradi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim bildirishlari OAV va jamoatchilik tomonidan islomofobik deb baholangan.

CNN efirida jurnalist Omar Ximenes Meysning musulmonlarga oid bayonotlarini tanqid qilib, AQSH Konstitutsiyasi diniy erkinlikni himoya qilishini ta’kidlagan. Meys esa o‘z qarashlarini himoya qilishda davom etgan.

Shu nuqtayi nazardan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur video ko‘pchilik tomonidan turli e’tiqod vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhimligini eslatuvchi lavha sifatida qabul qilinmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?