Misrda savdo markazida geliy balloni portladi

Misrda savdo markazida geliy balloni portladi

Misrning Yangi Qohira shahridagi savdo markazlaridan birida geliy balloni portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 17 kishi turli darajada jarohatlandi. Fojia 13 avgust kuni Arabella Plaza savdo markazida sodir bo‘lgan.

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, portlash markazning birinchi qavatida faoliyat yurituvchi sovg‘alar do‘konidagi geliy ballonida yuz bergan. Kuchli portlashdan keyin do‘kon ichida yong‘in ham chiqqan.

Yong‘in tez orada nazoratga olingan bo‘lsa-da, portlash va yong‘in savdo markazidagi yaqin do‘konlarning fasadlariga ham zarar yetkazgan.

Hodisa haqida xabar olinishi bilan voqea joyiga 8 ta tez tibbiy yordam ekipaji yo‘naltirilgan. Jarohatlanganlarning 11 nafari New Cairo Specialized Hospital'ga, yana 6 kishi yaqin atrofdagi tibbiy muassasalarga olib borilgan.

Vazirlik jabrlanganlarning barchasiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ma’lum qildi. Hodisa sababli yaqindagi shifoxonalarda ham yuqori tayyorgarlik rejimi joriy etilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar