Yangi yo‘lda Isuzu yuk mashinasi yonib ketdi

1 daqiqa o'qish142
Yangi yo‘lda Isuzu yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkent viloyatining Yangi yo‘l tumani hududidan o‘tuvchi M39 «Toshkent–Termiz» avtomobil yo‘lida Isuzu rusumli yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 14 avgust kuni taxminan soat 18:30 da yuz bergan. 48 yoshli haydovchi yuk mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda transport vositasining dvigatel qismida to‘satdan yong‘in chiqqan.

Ko‘p o‘tmay alanga avtomobilning boshqa qismlariga ham tarqalib, yuk mashinasi yonib ketgan.

Hodisa oqibatida haydovchi va boshqa harakat ishtirokchilaridan hech biri jarohat olmagan. Inson salomatligiga zarar yetkazilmagan.

Ayni paytda voqea sabablari va yong‘inning kelib chiqish holatlarini aniqlash maqsadida Yangi yo‘l tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?