Toshkentda 3 yoshli bola onasining zo‘ravonligidan qutqarildi

1 daqiqa o'qish378
Toshkentda 3 yoshli bola onasining zo‘ravonligidan qutqarildi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 2023 yilda tug‘ilgan 3 yoshli bola (A.I.) 1989 yilda tug‘ilgan onasi (A.T.) tomonidan muntazam ravishda zo‘ravonlikka uchragani aniqlandi. Hodisa qo‘shnilarning murojaatidan so‘ng o‘rganilib, bolaning og‘ir sharoitda yashayotgani ma’lum bo‘lgan. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shnilar voyaga yetmagan bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilinayotganidan xavotir bildirib, tegishli idoralarga murojaat qilgan. O‘rganish jarayonida 3 yoshli bola muntazam kaltaklangani, unga uxlatuvchi dori berilgani va ba’zi hollarda qarovsiz qoldirilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan bolaning onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi — «Qiynash» bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bolaning xavfsizligini ta’minlash maqsadida unga himoya orderi rasmiylashtirilib, vaqtincha vasiylik belgilangan.

Hozirda bolaning sog‘lig‘i barqaror ekani xabar qilindi. Mas’ul idoralar esa bolaning manfaatlarini inobatga olgan holda uni onasining qaramog‘idan ajratish va onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasini sud tartibida hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Voqea bolaga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini o‘z vaqtida aniqlashda qo‘shnilar va fuqarolarning murojaati muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Qonunchilikka ko‘ra, bolaga nisbatan tazyiq yoki zo‘ravonlik holatiga guvoh bo‘lgan shaxslar bu haqda tegishli idoralarga xabar berishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?