Fransiyada chiqindi qutisi yonidan qimmatbaho Rolex soati topildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Fransiyada chiqindi qutisi yonidan Rolex qo‘l soatini topib olgani aks etgan video tarqaldi. Kadrlar ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Bu haqda The Tribune xabar berdi.
Videoda bir kishi chiqindi qutisi yonida turgan qutini ochib, uning ichidan Rolex soati va unga tegishli hujjatlarni topgani aks etgan. Qimmatbaho soat o‘z qutisi va maxsus sumkasi bilan birga bo‘lgan. Erkak soatni sumkaga solib, olib ketgan.
Ushbu video Fransiyada 2026 yil 17 oktyabrda bo‘lib o‘tgan ommaviy namoyishlar va ular davomida kuzatilgan talon-torojliklar fonida tarqaldi. O‘sha kuni bir qator shaharlarda, jumladan, Rolex kabi qimmatbaho brendlar do‘konlari ham talon-toroj qilingani haqida xabarlar berilgan.
Biroq topilgan soatning haqiqiy Rolex ekani yoki talon-toroj qilingan do‘konlardan biridan olib chiqilgani hozircha tasdiqlanmagan. Shuningdek, videoning sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida ham ijtimoiy tarmoqlarda shubhalar bildirilgan.






























Izohlar 0
…