Bir lahzalik xato: ayol 133 ming dollarlik oltindan ayrildi

1 daqiqa o'qish1.5K
Bir lahzalik xato: ayol 133 ming dollarlik oltindan ayrildi

Turkiyaning Bursa shahrida yashovchi ayol ehtiyotsizlik oqibatida ichida qariyb 1 kilogramm oltin bo‘lgan paketni chiqindi deb o‘ylab, axlat qutisiga tashlab yubordi. Hozirda qimmatbaho buyumlarni topish bo‘yicha qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yo‘qolgan oltinlarning qiymati 6,13 million turk lirasi (133 ming AQSH dollaridan ortiq)ni tashkil etadi. Oila ushbu boylikni yillar davomida uy xarid qilish maqsadida yig‘ib kelgan.

Hodisa Bursa viloyatining Akchalar mahallasida sodir bo‘lgan. Oltinlar yo‘qolganini payqagan oila darhol politsiya hamda kommunal xizmatlarga murojaat qilgan.

Oila boshlig‘i Sedair Kurnazning aytishicha, turmush o‘rtog‘i uy tozalash vaqtida paketni oddiy chiqindi deb o‘ylab, tasodifan tashlab yuborgan.

Hozircha chiqindi tashuvchi mashina paketni olib ketganmi yoki uni chiqindi orasidan boshqa birov topib olganmi, bu noma’lum. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kommunal xizmatlar voqea yuzasidan tekshiruv boshlagan. Ayni paytda hududdagi videokuzatuv kameralari yozuvlari sinchiklab o‘rganilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?