Foto: AP Photo
Oksford universiteti olimlari COVID-19 ning og‘ir kechishi xavfini deyarli ikki baravar oshirishi taxmin qilinayotgan genni topdi. Tadqiqot Nature Genetics ilmiy jurnalida chop etilgan.
Olimlar umumgenom tahlilini (GWAS) o‘tkazdi. Bu esa nafas yetishmovchiligi xavfining ikki baravar oshishi bilan bog‘liq 3p21.31 xromosoma hududini aniqlab berdi.
«GWAS natijalarini dekodlash uchun biz mexanizmni o‘rganish va molekular biologiya platformasini qo‘lladik hamda nisbatan o‘rganilmagan LZTFL1 genini bunday xavf uchun potensial javobgar deb topdik», — deyiladi tadqiqotda.
Olimlarning fikricha, bu gen janubiy osiyoliklarning 60 foizida, yevropaliklarning esa atigi 15 foizida uchraydi. Bu Buyuk Britaniyadagi tegishli aholi orasida o‘lim darajasi yuqoriligini tushuntirishi mumkin, deya ta’kidlagan ular.
Shu bilan birga, olimlar LZTFL1 geniga COVID-19 ga chalingan kishilarda yuzaga keladigan nafas olish yo‘llari simptomlarining yagona sababi sifatida qarab bo‘lmasligini, chunki bu jarayonda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar muhim rol o‘ynashini ta’kidladi. Misol uchun, afro-karib irqi vakillarida bu gen atigi 2 foiz hollarda uchraydi, ammo ular pandemiyada boshqa millatlardan kam aziyat chekmadi.
Tadqiqot yetakchilaridan biri, professor Jeyms Devisning fikricha, ortib borayotgan genetik xavfni emlash orqali zararsizlantirish mumkin, deb yozadi Sky News.
Avgust oyida Nyu-York universiteti olimlari COVID-19 dan o‘lim xavfini oshiradigan asosiy omil o‘pkada patogenning yuqori konsentratsiyasi bo‘lishi mumkinligini aniqlagandi. Ularning tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, vafot etgan bemorlarning o‘pkasidagi virus yuki yoki virus zarralari soni omon qolganlarnikidan o‘rtacha o‘n baravar yuqori.
Shu bilan birga, olimlar o‘rganilgan bemorlarning o‘limiga ikkilamchi bakterial infeksiya yoki sitokin bo‘roni — immunitet tizimining virusga «ortiqcha reaksiyasi» sabab bo‘lganiga dalil topa olmadi. Bunday holda, ular muolaja uchun antibiotiklar emas, remdisivir kabi virusga qarshi preparatlar eng muhim rol o‘ynashi mumkinligiga ishonmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...