Moskva meriyasi qurilish maydonlarida migrantlardan butunlay voz kechish niyati haqida tobora ko‘proq gapirmoqda. Bunga ishchi kuchi yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘ldi. Ular, o‘z navbatida, pandemiya davrida ishchilarning ommaviy ravishda mamlakatni tark etishi tufayli paydo bo‘ldi.
Haqiqatda ham vaziyat shundaymi va Rossiya 2022 yilda migrantlardan voz kecha oladimi? Savolga Rossiya migrantlar federatsiyasi (FMR) prezidenti Vadim Kojenov javob berdi.
Birinchi navbatda Kojenov migrantlar soni allaqachon tiklanib, pandemiyadan oldingi darajaga yetganini ta’kidladi.
“Bizda migrantlar ko‘pini renovatsiya va pandemiya vaqtida kurerlik xizmatlari o‘ziga oldi, 2019 yil oxiridagi ko‘rsatkich bilan hozir bir xil. Ammo taqchillik hali ham bor”, dedi Kojenov.
Mehnat migrantlarining taqchilligi kurerlik sohasida va qurilish maydonlarida juda keskin sezilmoqda. Butun Rossiyada ishchi kuchi talab qilinadigan ko‘plab infratuzilma loyihalari mavjud. Bu yerdan taqchillik yuzaga keldi. Buni tezda qoplash imkonsiz, shuning uchun u hozircha saqlanib qoladi, deb hisoblaydi Kojenov.
Federatsiya rahbari Rossiya 2022 yilda migrantlardan voz kechish imkoniyatini baholadi.
“Qisqa muddatda agar hozir qaysidir sohadan ko‘plab migrantlar olib ketilsa, bu soha jiddiy inqirozni boshidan kechiradi”, - dedi Kojenov.
Migrantlar ko‘pincha ishbay asosida to‘lanadigan maosh, ko‘proq pul ishlab topish mumkin bo‘lgan sohalarni tanlaydi: bu qurilish yoki xizmat ko‘rsatish. Masalan, taksi.
"Bizga keladigan odamlarning mehnat qobiliyati, chidamliligi juda yuqori. Ular orasida kuniga 8 soatlik ish turlarini tanlaydiganlar kam. Asosan hamma 12 soat ishlaydi, shunga yarasha yaxshi pul topadi", - dedi Kojenov.
Uning fikriga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya iqtisodiyoti migrantlarga juda bog‘liq. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozir chet elliklar mamlakatning mehnatga layoqatli aholisining 10 %ni tashkil qiladi - bu juda katta ko‘rsatkich.
Agar migrantlar olib tashlansa, ko‘p sohalar shunchaki qulab tushadi, deb hisoblaydi Kojenov.
"Ayni paytda millionlab odamlarning hammasi halol ishlamoqda, barchasi ish bilan band. Ularning mehnati o‘z natijasi berib, jamiyatga foyda keltirayotganini anglatadi. Menimcha, ularni iqtisodiyotdan chiqarib bo‘lmaydi", deya xulosa qildi migrantlar federatsiyasi rahbari.
Avvalroq O‘zbekiston Tashqi migratsiya masalalari agentligi 2021 yil boshidan buyon 84,5 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tashkillashtirilgan tanlov asosida Rossiyaga jo‘nab ketgani haqida xabar berdi.
Rossiya hukumati 2022 yilda chet elliklar uchun ishlash uchun ruxsatnomalar berish uchun kvota 124 007 o‘rin deb belgilandi.
Pilot loyiha
Oktabr oyi boshida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantlarining Rossiya qurilish ob’ektlariga olib kelish bo‘yicha pilot dasturini ishga tushirish haqidagi farmonni imzolagandi.
2022 yil yanvar oyi o‘rtalarigacha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. 21ta qurilish kompaniyasi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari jalb qilinadi.
Shu bilan birga, ruxsatnomalar berishning ayrim tartiblari respublikaning o‘ziga o‘tkazildi. Xususan, endilikda O‘zbekistonda migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, “Sputnik Layt” bilan emlash va testdan o‘tkazish, shuningdek, Rossiyaga kirish taqiqlanganligini tekshirish amalga oshirilmoqda.
Bu protseduralar rossiyalik shifokorlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirokida amalga oshirilmoqda. Barcha xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi