date

PSJ Barselonaning transfer nishonini tortib olishi mumkin


Kristal Pelasning o'ng qanot himoyachisi Daniel Munyos Parij Sen-Jermening transfer nishoniga tushdi. Parij klubi Chempionlar ligasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yinda Ashraf Hakimining jarohat olganidan keyin o'ng qanot himoyasini kuchaytirish yoʻlida izlanishni boshladi.

Transfer News Live nashri Fichajesga asoslanib xabar qilishicha, PSJ Munyosni qishgi transfer oynasida o'z tarkibiga qo'shishni rejalashtirmoqda. Ilgari bu futbolchi bilan "Barselona" ham qiziqqan edi.

Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, kolumbiyalik futbolchining transfer qiymati 25 million yevroga baholangan. Uning Kristal Pelas bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha moʻljallangan va yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini oʻz ichiga oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ Barselonaning transfer nishonini tortib olishi mumkin