23:23 / 18.02.2022
1 357

DXR va LXR aholini Rossiyaga evakuatsiya qilmoqda

DXR va LXR aholini Rossiyaga evakuatsiya qilmoqda
O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari «Ukraina tomondan hujum xavfi» tufayli aholi Rossiyaga ommaviy evakuatsiya qilinishini ma’lum qildi. DXR va LXR nazorati ostidagi hududlardan odamlarni qo‘shni Rostov oblastiga ko‘chirish boshlangan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga Donbassdagi respublikalardan Rostovga kelayotgan qochqinlarning har biriga 10 ming rubldan to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Donbassdagi tan olinmagan raspublikalar aholisini Rossiyaga evakuatsiya qilishini e’lon qildi. DXR rahbari Denis Pushilin birinchi navbatda ayollar, bolalar va katta yoshli kishilar olib ketilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya qilinganlar Rostov oblastiga joylashtiriladi va zarur vositalar bilan ta’minlanadi. Pushilinning murojaatidan keyin Donetskda sirenalar yangray boshladi, shahar aholisi bankomatlarga navbatga turdi.

Ko‘p o‘tmay Lugansk xalq respublikasida ham evakuatsiya haqida e’lon qilishdi. Uning rahbari Leonid Pasechnik mobilizatsiya majburiyati bo‘lmagan hamda ijtimoiy va fuqarolik infratuzilmalarda faoliyat ko‘rsatmaydigan aholini qisqa muddat ichida Rossiya hududiga chiqib ketishga chaqirdi.

Rostov oblasti gubernatori Rossiya prezidentiga murojaat qildi. Region rahbari Vasiliy Golubev Vladimir Putindan kutilayotgan qochqinlar oqimi uchun shoshilinch yordam so‘radi. O‘z navbatida, Putin Rostov oblastiga FVV rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandr Chupriyanni donbassliklarni joylashtirish ishlarini tashkillashtirish uchun jo‘natdi. Shuningdek, u Rossiya hukumatiga har bir qochqinga 10 ming rubldan to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

DXR va LXR evakuatsiyani regiondagi keskinlik o‘sayotgani bilan izohlagan. Pushilin so‘nggi oylarda DXR «Ukraina chegarada harbiy xizmatchilar va uchar qurilmalari sonini oshirgani»ni qayd etgani, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa «yaqin vaqt ichida harbiylarga hujumga o‘tish bo‘yicha ko‘rsatma berishi» haqida aytdi. O‘z navbatida, Pasechnik «ukrain agressori» tutashuv chizig‘ida provokatsiya tayyorlayotgani va LXR hududiga «chuqur kirib borish»ni rejalashtirgani haqida gapirdi. U qo‘liga qurol olishga tayyor erkaklarni «o‘z yerini himoya qilish» uchun oyoqqa turishga chaqirgan

Ukrainadagilar Donbassga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi xabarlarni rad etgan. «Biz Rossiya propagandachilarining go‘yoki Ukrainaning hujum boshlashi haqidagi xabarlarini qat’iyan rad etamiz <…> Ukraina Donbassda bunday amaliyot rejalashtirayotgani yo‘q. Biz faqat diplomatik yechim tarafdorimiz», — deya yozdi tvitterida Ukraina TIV rahabri Dmitriy Kuleba. Ukraina qurolli kuchlari rahbari Valeriy Zalujniy Donbassdagi «bosqinchi ma’muriyatlar»ning ukrainlar hujumi haqidagi bayonotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan. Mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy hozircha vaziyat yuzasidan munosabat bildirmadi.

18 fevral kuni kechqurun Donbass aholisini evakuatsiya qilish boshlangan. «Interfaks» agentligi ma’lumotiga ko‘ra, dastlab Donetskdagi № 1 maktab-internet tarbiyalanuvchilarini olib ketish rejalashtirilgan. DXRdagi Gorlovki posyolkasi aholisi uchun mahalliy vaqt bilan soat 19:30da (22:30 Toshkent) avtobus yuborilgan. Hudud rasmiylari safar uchun olish kerak bo‘lgan buyumlar ro‘yxati va yig‘ilish joyini e’lon qilgan. Keyinroq Yasinovataya shaharchasi aholisini ko‘chirish boshlanadi.

LXR rahbariyati birinchi galda tutashuv chizig‘iga yaqin joylashgan aholi punktlarida yashovchilarni olib ketishni rejalashtirgan. Respublika ta’lim vazirligi barcha ta’lim muassasalarida o‘qish to‘xtagani va LXRdagi maktab-internatlar evakuatsiya qilinishini bildirgan.

Hozircha, Rostov oblasti rasmiylariga ko‘ra, region hududiga qochqinlarning birorta avtobusi kelmagan.

Donetskdagi hukumat binosi hududida portlash sodir bo‘ldi. DXR xalq militsiyasi boshlig‘i Denis Sinenkov «Interfaks» bilan suhbatda uning avtoturargohdagi avtomobili portlab ketgani, hech kim jabrlanmaganini ma’lum qilgan.

Rubl kursi va Rossiya aksiyalar bozori qulamoqda. Moskva vaqti bilan soat 19:00da dollar 67,25 kopeykaga qimmatlab, bir dollar 76,96 rublga yetgan, yevro 69,75 kopeykaga qimmatlab, 1 yevro 87,27 rublni tashkil etgan. Asosiy savdolar yakuniga ko‘ra, Moskva birjasi indeksi 3393,31 punktni (-3,4%), RTS indeksi — 1391,31 punktni (-4,1%) tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » DXR va LXR aholini Rossiyaga evakuatsiya qilmoqda