Olma ozuqa moddalariga boy meva hisoblanadi. Uni kattalar ham, bolalar ham xush ko‘rib yeydi. Kechasi olma yeyish mumkinmi yoki yo‘q: quyida batafsil ko‘rib chiqamiz, deb yozadi Wday nashri.
Kechasi olma yeyish foydalimi?
Olma past kaloriyali yegulikdir. Tarkibida yog‘ mavjud emas, lekin vitaminlar, minerallar, makro va mikroelementlar mavjud. Yangi va quritilgan olma ikkalasi ham birdek foydali. Biroq yotishdan oldin yangi uzilgan olamni iste’mol qilgan ma’qul, chunki quritilgan olma yuqori kaloriyali ozuqa hisoblanadi.
Agar diyetada bo‘lsangiz, unda yashil yoki nordon meva navlarini tanlang. Ularda shakar kamroq bo‘ladi. Olma ishtahani vaqtincha bostiradi va shu bilan birga, oshqozon osti bezi shirasini ishlab chiqarishni tezlashtiradi. Shuning uchun bir necha soatdan keyin ochlik hissi yana paydo bo‘ladi. Biroq yotishdan oldin buterbroddan ko‘ra meva iste’mol qilgan foydaliroq, chunki bu vaznga ta’sir qiladi.
Olma ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, toksinlarni chiqazib yuboradi va immunitet tizimini mustahkamlaydi. Kechasi organizmdagi barcha jarayonlar sekinlashadi va meva tarkibidagi kletchatkaning yuqori miqdori tufayli ovqat hazm qilish jarayoni sekinlashadi. Natijada og‘riq va qorin dam bo‘lishi paydo bo‘ladi.
Kechasi olma yeyish mumkinmi?
Yotishdan oldin olma oshqozon-ichak muammolari va diabetga chalingan odamlar uchun tavsiya etilmaydi. Individual intoleranslik holatida ham bu mevani iste’mol qila olmaysiz. Hatto yeyilgan kichik bir bo‘lak olma ham kuchli og‘irlashuvga olib keladi.
Agar ochlik hisi bo‘lmasa, meva iste’mol qilmang va ovqatlanish istagi shunchaki zerikish yoki bekorchilikdan kelib chiqadi. Shuni tushunish kerakki, bunday gazaklar organizmni ishlashga majbur qiladi, u esa yaxshi dam olish kerak. Metabolizm buziladi, bu jiddiy kasalliklarga va vazn ortishiga olib keladi.
Kechasi olma yeyishingiz mumkin, agar:
- Ratsionga rioya qilgan holda. Oziq moddalar yetishmasligini to‘ldirish uchun kuniga 3-4 marta sabzavot va mevalarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.
- Ovqatlanish vaqti o‘tkazib yuborilganda. Parhezli kechki ovqat 2 soat davomida to‘q tutadi, keyin yana ochlik hissi paydo bo‘ladi, chunki organizm vitaminlar, minerallar va boshqa moddalarning kunlik normasini olmagan bo‘ladi.
- Kechqurun sport zalida mashq qilgandan so‘ng. Mashq qilish orqali organizm kaloriya va energiya sarflaydi. Shuning uchun ikkinchi kechki ovqatda kuchni tiklash uchun olma yeyishga ruxsat beriladi.
Olma ham tishlarni yaxshi tozalaydi, tish milkini massaj qiladi va badbo‘y hidni yo‘q qiladi. Qattiq meva va sabzavotlar ham xuddi shunday vazifa bajaradi.
Kechki payt olma yeyishning yaxshi tomonlari — olma foydalidir, ular bir muddat ochlik tuyg‘usini susaytiradi, ular yog‘ hosil qilmaydi. Salbiy tomoni — qarshi ko‘rsatmalar mavjud, ishtahani oshiradi, hazm qilish qiyin.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring