12:43 / 24.01.2018
6 215

Hayotingizni o‘zgartira olish "miyangizga bog‘liq" ekanini bilasizmi?

Ҳаётингизни ўзгартира олиш "миянгизга боғлиқ" эканини биласизми?
Inson miyasi siz o‘ylagandan ham ko‘proq imkoniyatlarga ega. Uni boshqacha o‘ylashga va boshqacha ishlashga majbur qilish mumkin. Bu esa hayotingizni qanday kechishini aniqlab berishi mumkin.

1. Miyangiz haqiqat va tasavvur orasidagi farqni ko‘ra olmaydi.
Siz nima haqida o‘ylasangiz miyangiz aynan shu narsaga ta’sir etadi. Ya’ni, miyangiz uchun sizning fantaziyalaringiz bilan haqiqat orasidagi farqni ahamiyati yo‘q. Masalan, ipoxondrik (doim o‘z sog‘lig‘idan bezovta bo‘lib yuradigan insonlar toifasi) kechki dasturlarni tomosha qilayotib, yangi tarqalgan kasallik haqida eshitib qolsa, u darhol o‘zida shu kasallik alomatlarini seza boshlashi mumkin.

Yoki aksincha, doim kulib yuradigan, hayotidan mamnun insonlar qanday xabar eshitishidan qat’iy nazar, qonidagi serotin (baxt garmoni) darajasi yuqori ekanligi sababli doim o‘zlarini baxtli his qiladilar.

2. Nima haqda ko‘p o‘ylasangiz, shuni ko‘rasiz.
Nima haqda o‘ylashingizdan qat’iy nazar, bu hayotiy tajribalaringizning natijasi bo‘lib xizmat qiladi.

Deylik, siz yangi mashina sotib oldingiz. Endi siz shahardagi xuddi shu markadagi va xuddi shu rangdagi mashinalarni ko‘proq payqay boshlaysiz. Gap shundaki, endi siz mashinangiz haqida avvalgidan ko‘proq o‘ylay boshladingiz.

Nima uchun buni bilish muhim?

Har qanday tushkun vaziyatdan, shunchaki o‘z fikrlaringizni o‘zgartirgan holda osongina chiqib ketishingiz mumkin. Hech e’tibor berganmisiz, hayotda insonlar o‘ziga o‘xshaganlar bilan tez til topishadi. Quvnoq insonlar o‘ziga o‘xshagan sho‘x-shaddodlar bilan, ipoxondriklar o‘zlari singari doim bezovta yuradiganlar bilan do‘stlashadi. Bu tasodif emas. Agar hayotingizda nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, buni xayollaringizni o‘zgartirishdan boshlang.

3. Vaqtning ko‘p qismini miyangiz “avtopilot“da o‘tkazadi.
O‘rtacha hisobda inson miyasi bir kunda 60 ming fikrni ishlab chiqadi. Shulardan 40 mingtasini sizning kechagi o‘y xayollaringiz tashkil qiladi. Miyangizni “tozalang“. Har kunlik «kechagi» odatlarni, bugungi yangi va notanish xayollarga almashtiring. Bugungi fikrlar uchun miyangizda joy hozirlang. Miyangizni “mashq qildiring“. Uni ko‘proq yaxshi xayollar bilan band bo‘lishiga majbur qiling. Qancha ko‘p harakat qilsangiz shuncha tez va oson bunga erishasiz. Hayotga ongli ravishda nazar soling – tegrangizda kezinayotgan har xil negativ xayollarni miyangizdan haydab soling.

Xayollaringizni o‘zingizga bo‘ysundirib, o‘zgara oladigan qobiliyatingiz bor. Nimani o‘ylasangiz, unga erishish imkoniyatingiz bor. Buni istasangiz bas…
Mambetova Shahnoza tayyorladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayotingizni o‘zgartira olish "miyangizga bog‘liq" ekanini bilasizmi?