
• Birovga qo‘ng‘iroq qilishdan, qisqa xat yozishdan oldin uning raqamini aniqlab olish lozim.
• Qo‘ng‘iroq qilishdan oldin qo‘ng‘iroq qilinayotgan shaxs istirohat qilayotgan yoki qilmayotgani, band yoki band emasligini aniqlab olish kerak.
• Bir marta qo‘ng‘iroq qilganda javob berilmasa, oradan biroz muddat o‘tkazmay turib, qo‘ng‘iroqni qaytarish beodoblikdir.
• Uch marta qo‘ng‘iroq qilingandan keyin ham javob bo‘lmasa, qo‘ng‘iroq qilishni to‘xtatish lozim.
• Chaqirilgan odam aloqaga chiqqanda, chaqiruvchi birinchi bo‘lib salom berishi kerak.
• Qo‘ng‘iroq kelganda, go‘shakni olgach, “Labbay” yoki shu kabi go‘zal ibora bilan so‘z boshlash odobdandir.
• Uyali aloqa vositasida uzoqroq gaplashmoqchi bo‘lgan odam suhbatdoshidan izn so‘rashi lozim.
• Uyali aloqa vositasida so‘zlashish davomida kavshanib turish o‘taketgan beodoblikdir.
• Telefonda ovozini soxtalashtirib gapirish yoki yolg‘on xatlar yozib, o‘zgalarni masxara qilish mumkin emas.
• O‘zaro so‘zlashuvni tamomlagach, go‘zal so‘zlar va ezgu tilaklar bilan xayrlashish kerak.
• Birovning telefon raqamini o‘zining ruxsatisiz boshqalarga bermaslik talab etiladi.
• Chiqimdan qochib, birovning telefoniga raqamini chiqarib qo‘yish va uning javob qaytarishini kutish beodoblikdir.
• Qo‘ng‘iroq bo‘lgan paytda javob berolmagan kishi imkon topgan zahoti javob qaytarishi lozim.
• O‘ziga kelgan har qanday xatni boshqalarga tarqataverish mumkin emas.
• Kishilarga uyali aloqa vositasi orqali xat yozishda ham odob-axloq, shariat chegaralariga rioya qilish lozim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
“Ijtimoiy odoblar” kitobidan
“Ijtimoiy odoblar” kitobidan
Manba: Fitrat.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar