
Myunxenning "Bavariya" klubi bosh direktori Yan-Kristian Drizen klubning transfer siyosati haqida fikr bildirdi. "Biz daromaddan ko'proq mablag' sarflamaymiz.
Istalgan transferni amalga oshirishga qodirmiz, lekin har bir futbolchini sotib olish niyatimiz yo'q, ayniqsa har qanday narxda emas. Biz o'z mablag'larini ishlab topishda ko'p mehnat qiladigan klubmiz va bu borada biz bilan raqobatlashadigan boshqa klublarga nisbatan ancha qiyinchiliklarga duch kelamiz.
Bizda bir necha millionni cho'ntagidan chiqarib bera oladigan odamlar yo'q. Lekin bilasizmi?
Menimcha, bu yaxshi!" — deya ta'kidlaydi funksioner EuroFoot nashriga bergan intervyusida. "Bavariya" Germaniya chempionatining dastlabki to'qqiz turidan keyin 27 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Jamoa shu mavsumda barcha to'qqiz o'yinda g'alaba qozonib, jami 33 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing