Samarador kishilarning hayot tarzi odatdagidan farq qiladi – ular shaxsiy tizim va qoidalariga ko‘ra ish tutishadi va dam olish kunlarini ham ko‘pchilik kishilarga qaraganda o‘zgacha o‘tkazishadi. Samaradorlik masalalari bo‘yicha mutaxassis Jami Rumer muvaffaqiyatli kishilar 30-60 daqiqa vaqt sarflanadigan to‘rtta ish bilan shug‘ullanishlarini aniqladi. Ularning odatlari quyidagicha.
Foto: Unsplash
Maqsadlar belgilash
Yakshanba kunlarida samarador kishilar o‘z oldiga kelasi hafta uchun maqsadlarni belgilaydi. Bu mashg‘ulot uchun bir necha daqiqa talab etilishi mumkin.
Ko‘pchilik odamlarda rejalar tuzish odati bor, biroq ular uzoq muddatli (bir yil va uch yilga mo‘ljallangan). Afsuski, ko‘pchilik ularni bajarmaydi, chunki o‘z maqsadlariga erishish uchun doimiy harakat qilishmaydi.
Istalgan maqsadga erishish uchun ularni mayda qismlarga ajratish lozim (kvartal, oy, hafta va kun uchun belgilangan maqsad). Shuning uchun har yakshanba kuni hafta uchun 1-3 ta maqsadni belgilash kerak.
Foto: Unsplash
Kelasi haftani rejalashtirish
Qachon va nima ustida ishlashingizni bilishingiz lozim. Tongda eng muhim vazifalarni bajarish uchun vaqt ajrating. Ana o‘shanda kunning qolgan qismi osonroq o‘tadi. Bundan tashqari, muhim ishlarda doimiy yutuqqa erishasiz.
Foto: Unsplash
Kundalik yuritish
Samarador kishilarning yana bir mashhur odatlaridan biri. Agar sizni biror narsa xavotirga solsa, fikringizni qog‘ozda bayon eting – ancha xotirjam bo‘lasiz. Ongingiz ravshanlashadi va muammolarni hal etish hamda yangi g‘oyalarni o‘ylab topish osonroq bo‘ladi.
Foto: Unsplash
Mutolaa
Kitoblardan sizning yo‘lingizda bo‘lgan odamlarning tajribalarini o‘rganasiz.
Investor Mark Kyuban mutolaa uchun kuniga uch soat vaqt ajratishni maslahat beradi. Bill Geyts uyqudan oldin kamida bir soat o‘qiydi. Uorren Baffet esa mutolaaga kunining ko‘p qismini bag‘ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”