11:31 / 21.07.2019
4 372

Kayfiyatimizga har kuni o‘z ta’sirini o‘tkazadigan 15 xil oddiy oziq-ovqatlar

Kayfiyatimizga har kuni o‘z ta’sirini o‘tkazadigan 15 xil oddiy oziq-ovqatlar
To‘satdan boshlanuvchi bosh og‘rig‘i qayerdan paydo bo‘ladi? Nega ba’zan uxlash va uyqudan uyg‘onish qiyinlashib qoladi? Xavotir va tushkunlik hissining sababi nima?

Aksariyat kishilar bu kabilarni havo o‘zgarishlari, og‘ir o‘tgan ish haftasidan keyingi charchoq yoki shunga o‘xshash boshqa bir narsa bilan bog‘lashadi. Lekin biz umuman ahamiyatimizni qaratmaydigan doimiy tanovul qiluvchi mahsulotlarimiz ichki tuyg‘ular va salomatlikka o‘zining ma’lum ta’sirini o‘tkaza oladi.

Quyida ilmiy izlanishlar natijasi orqali aniqlangan bizning shashtimizni so‘ndiruvchi ba’zi mahsulotlar keltirilgan. So‘ng esa aksincha, kuch va g‘ayratni orttiruvchi oziq-ovqatlar haqida ma’lumot beramiz.

Salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar
Kundalik tanovulimizdan o‘rin olgan ba’zi oziqlar kayfiyat va o‘zini his qilishga zararli ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Aynan ular sababli bosim ostida qolish yoki oddiy harakatlarni ham ko‘ngildagidek bajara olmaslik holatiga tushib qolish hissini boshdan o‘tkazishingiz mumkin.

1. Tozalangan oq un

Aralashmalardan tozalangan oq undan tayyorlangan makaron yoki xamirli taom iste’moli tushkunlikni oshirishi mumkin. Bu taom tarkibidagi yuqori glikemik indeks bilan bog‘liq: organizmga tushgandan so‘ng, u shakarga aylanadi. Qonda glyukoza miqdorining keskin ko‘tarilishi ro‘y berib, behalovatlik va xavotirni tezlashtiruvchi moddalarga aylanishi kuzatiladi.

2. Shirin ichimliklar
Gazlangan, energetik va mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan ichimliklar, qoida bo‘yicha, ortiqcha vazn va hajmni keltirib chiqargani uchun qoralanadi. Kola va shunga o‘xshash ichimliklarning asosiy tarkibiy qismi — 45 foizi glyukoza va 55 foizi fruktozadan tashkil topgan jo‘xori siropi hisoblanadi. Fruktozaning muntazam iste’moli natijasida qon bosimi va qon tarkibidagi yog‘lar miqdori oshib borishi arterial gipertenziya (qon bosimi oshishi), Alsgeymer kasalligi va hattoki, demensiyaga (tafakkur yo‘qolishi, aqliy noqislik) ham yetaklashi mumkin.

3. Makrel, akula va baliqning ba’zi turlari

Qirol makreli, akula, nayzabaliq, tunets va ba’zi yirtqich turdagi yovvoyi baliq turlari o‘z organizmida simob yig‘ish qobiliyatiga ega. Metall tirik organizm to‘qimalarida to‘planib boradi. Inson organizmiga tushishi bilan simob miya, buyrak va jigar sohalariga yetib borishi va markaziy asab tizimi va miyaga halokatli ta’sir o‘tkazishi kuzatiladi.
Agar simob homilador ayol organizmiga tushsa, ona qornidagi chaqaloqning miyasi rivojlanishida buzilishlarga va hattoki serebral paralichga olib kelishi mumkin. Shunga qaramasdan, salomatlikka katta naf keltiruvchi baliq turlari ham talaygina. Yovvoyi baliq iste’molini haftada bir martadan oshirmaslik tavsiya etilgan bo‘lsa, sun’iy ravishda parvarish qilinganlarini bemalol 2-3 marotaba tanovul qilish mumkin..

4. Ituzum gulli o‘simliklar
Pomidor, kartoshka, bulg‘or qalampiri, baqlajon va ituzum oilasiga kiruvchi boshqa o‘simliklar glikoalkaloidlar ishlab chiqaradi, ular tabiiy ravishda begona o‘tlar bilan kurashuvchi moddalar hisoblanib, tarkibida yuqori miqdorda toksinlar bor. Bu birikma asab tizimining ortiqcha stimullanishiga turtki bo‘ladi va shu sababli sezuvchanlikka ega odamlar uyqusizlikdan aziyat chekishlari mumkin. Glikoalkaloidlar organizmda yig‘iladi va 5 kun davomida chiqib ketadi. Tiniqib uxlash uchun bu turdagi mahsulotlarni tungi tanovulidan qochish maqsadga muvofiq.

5. Achitilgan va dudlangan mahsulotlar

Tuzlangan karam, uzoq vaqt davomida tayyorlangan pishloq va yarim dudlangan kolbasa bakteriyalar ta’sirida yuzaga keladigan jarayon tufayli tanish ta’mga ega bo‘ladi. Aynan ushbu jarayon davomida oqsillarning katta qismi biogen omillarga aylanadi. Ulardan eng kuchlisi gistamindir. U behalovatlikni orttirib, uyquga ketishga xalaqit beradi va organizmdagi adrenalin miqdorini oshiradi. Shu sababli ham bu turdagi mahsulotlarni faqatgina kunning birinchi yarmida tanovul qiling.

6. Shirin jo‘xori

Jo‘xori va u orqali tayyorlangan sirop migrenni yuzaga keltiruvchi omillar qatoriga kiradi. Buning sababi ular tarkibidagi oddiy shakar va qiyomdir. Har ikkisi ham migrenni qo‘zg‘atadi. Ba’zi izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, doimiy boshi og‘ruvchi insonlardagi bezovtalik makkajo‘xori iste’molini rad qilish natijasida ma’lum vaqtga to‘xtagan.

Ijobiy ta’sirga ega mahsulotlar
Ovqat organizmga ijobiy ta’sir ham o‘tkazishi mumkin, albatta. O‘zgarishnni payqash uchun ratsiondagi bir mahsulotni boshqasiga almashtirib ko‘ring. Masalan, quvvat oshganini yoki ruhingizda tetiklikni his qilishingiz mumkin.

1. Brokkoli

100 gramm brokkolida deyarli bir kunlik ehtiyojni qondiradigan K vitamini bo‘ladi. U xotirani mustahkamlash orqali uzoq umr ko‘rish davomida ham teran idrokni saqlab qolish vazifasini bajaradi, buning uchun uni kundalik ratsionga kiritish kifoya. Bundan tashqari, karamning bu turi bosh miyani shikastlanishlardan himoya qiluvchi antioksidant va mikroelementlarga boy.

2. Jenshenli choy

Jenshenli choy chekuvchi kishilarning miyasida har bir sigaret donasidan keyin paydo bo‘luvchi dofaminning harakatini sustlashtiradi. Shu yo‘sinda, kashanda doimgi qoniqish hissidan mahrum bo‘lib boradi. Muntazam ravishda damlamani qabul qilish chekishdan butunlay voz kechishga ham yetaklay oladi.

3. Sardina va losos balig‘i

Bu va bu kabi yog‘li baliq turlari katta miqdorda omega-3 kislotasiga ega. Bu modda yetishmovchiligida psixik kasalliklar avj olishi mumkin. Doimiy ravishda yog‘li baliqlar iste’moliga amal qiluvchi kishilarda depressiya vujudga kelish ehtimoli ancha past.

4. Braziliya yong‘og‘i
Organizmda selen moddasi kamayib ketsa, inson jizzaki va tez charchaydigan bo‘lib qoladi. Braziliya yong‘og‘i selenga boy mahsulotlar orasida o‘z o‘rniga ega. G‘azabni va asabiylikni yengishdan tashqari, organizmga kuchga to‘lishi uchun kuniga 3 dona shu mag‘izdan yeyish yetarli bo‘ladi. Yurak faoliyatini ham yaxshilaydi.

5. Banan
Banan temir, fosfor va vitaminlarga boyligi ko‘pchilikka ayon. B6 vitamini serotoninni sintez qilishda ko‘maklashadi. Uglevodlar miyada triptofan so‘rilishini ta’minlaydi, B6 vitamini uni yaxshi kayfiyat gormoniga aylantiradi. Shuningdek, asab to‘qimalari va yurak mushaklari salomatligini saqlovchi kaliyga ko‘p miqdorda banan iste’mol qilib erishish mumkin.

6. Qorag‘at

Qorag‘at — S vitamini (100 grammida kunlik ehtiyojning 24 foiz miqdorini bosa oladi), kaliy, magniyning tabiiy manbaidir. Shu qatorda, undagi margansa va antotsianlar mevaga ko‘k tus berib, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi ta’sir bilan ta’minlaydi. Qorag‘at tanovul qiluvchi kishilar yosh o‘zgarishlari bilan bog‘liq aqliy kasalliklarga kamroq yo‘liqishadi, qisqa muddatli xotiraning sifati oshadi.

7. Tuxum

Tuxum tarkibida atsetilxolin sintezida ishtirok etuvchi xolin bor. U ham miya faoliyatini muqobillashtirishda ishtirok etadi, kayfiyatga ta’sir ko‘rsatadi va xotirani yoshartira oladi. Bitta tuxum sarig‘ida xolinning kunlik dozasining chorak qismini uchratish mumkin. Bundan tashqari, tuxum B guruhiga kiruvchi vitaminlarni ham o‘z tarkibida saqlaydi.

8. Tovuq go‘shti
Triptofan deb nom berilgan aminokislota yordamida inson organizmi serotonin, ya’ni baxt gormonini ishlab chiqaradi. Tovuq va o‘rdak go‘shti triptofanga to‘yingan. Ularni tanovul qilish odamga tetiklik va yaxshi kayfiyatni ushlab qolish imkonini beradi. Ko‘krak va qanotchalarning foydasi ko‘proq, oyoq qismlarida xolesterin miqdori yuqori.

9. Grechka
Grechka bo‘tqasi tarkibi ham foydali mikroelementlardan xoli emas — V vitamin guruhi, temir, margansa va magniyni uchratishimiz mumkin. Ular mushaklarni mustahkamlabgina qolmay, stress va yomon kayfiyatga qarshi kurashadi, qon aylanishini yaxshilash orqali miya hujayralariga impuls yetib borishini tezlashtiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kayfiyatimizga har kuni o‘z ta’sirini o‘tkazadigan 15 xil oddiy oziq-ovqatlar