Muhabbat dunyodagi eng shirin va sirli tuyg‘u. Biroq u qayerdan keladi? Ba’zilar uni Yaratuvchi tomonidan berilgan in’om deb bilsa, boshqalar shunchaki nafs o‘yini deydi, olimlar esa bu organizmning kimyoviy reaksiyasi degan xulosani ilgari suradilar. Sevgi har kimga har xil ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ham uning ta’rifi turlichadir.
1. Monogamik sevgi bor narsa
Ba’zi psixologlarning aytishicha, inson tabiatan poligamik bo‘lib yaratilgan. Biroq tabiatda monogamiya (ya’ni bir juft bilan yashash) ham borligini ko‘rish mumkin. Masalan, gibbon, oqqush, bo‘ri, albatros va qora grif kabi hayvonlar hayotlarini faqat bir juft bilan o‘tkazadilar.
2. Sevgi tug‘ilishi
Sevishganlarda bir-birlariga moyillik tanishuvning birinchi to‘rt daqiqasida tug‘iladi.
3. Sevishganlar yuragi
Sevishganlar bir-birlarining ko‘zlariga qaraganlarida ularning yuraklari bir maromda va baravariga ura boshlaydi. Bunday hodisaga olimlar hanuzgacha izoh bera olganlari yo‘q.
4. Kokain
Sevgan insonning hissiyotlari kokain moddasi beradigan eyforiya holati bilan tengdir.
5. Og‘riq
Sevgan insonni quchoqlash og‘riqning kamayishiga turtki bo‘ladi. Sababi, bu paytda miyada “og‘riqsizlantiruvchi gormonlar” ning ishlab chiqilishidir.
6. O‘xshash ko‘rinish
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘rinishlaridan bir-birlarlariga o‘xshagan juftlar baxtli hayot kechiradilar.
7. Bir xil dunyoqarash
Dunyoqarashlari bir xil juftliklarning munosabatlari esa osongina boshlanadi, lekin uzoqqa cho‘zilmaydi.
8. ”Yuragimga ozor berding”
”Yuragimga ozor berding”, degan gap mubolag‘a emas. Qayg‘u, hasrat tufayli organizmda yurak uchun zarur moddalarning ishlab chiqilishi kamayishi oqibatida yurakda og‘riq paydo bo‘ladi.
9. Oshiqlik
Oshiqlik bir yildan uzoqqa cho‘zilmaydi. Bundan keyin bog‘liqlik kelib chiqadi yoki ko‘ngil sovishi.
10. Ruhiy kasallik
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, sevgan insonning miyasida qiziq kimyoviy jarayon sodir bo‘ladi. Serotonin moddasi kamayib, kortizol oshadi. Xuddi shunday jarayon yengil ruhiy kasalliklarda ham sodir bo‘ladi.
11. Ijod
Oshiqning sevgilisi haqida o‘ylashi uni ijod qilishga undaydi.
12. Adrenalin
Ekstremal xavfli vaziyatlarda insonlarda sevib qolish hollari ko‘proq uchraydi. Chunki bunday paytda inson organizmida adrenalin miqdori oshadi, u esa “sevgi gormoni” bilan bir xildir.
13. Chehra
Yengil, o‘tkinchi sevgi shaydolari qizlarning qomatiga ahamiyat bersa, haqiqiy muhabbatini qidirgan yigitlar qizlarning chehrasiga nazar soladilar.
14. Ko‘z
Sevgilisi yoki uning suratiga tikilgan oshiqning ko‘z qorachig‘lari kengayadi.
15. Kayfiyat
Sevgidan mast bo‘lib yurgan oshiqlarning organizmida oksitotsin moddasi shiddat bilan ishlab chiqiladi. Bu gormon kayfiyatga, fikrlash jarayoniga, muomalaga ijobiy ta’sir qiladi. Shuning uchun sevgan inson mehribon va xushkayfiyat bo‘lib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi