19:15 / 05.01.2022
2 351

Qish faslida ko‘proq baliq iste’mol qilishning 5 sababi

Qish faslida ko‘proq baliq iste’mol qilishning 5 sababi
Foto: Harper’s Bazaar
Qish faslida organizm o‘zi-o‘zidan ko‘proq vitamin va minerallarga muhtojlik sezadi. Ularning o‘rnini to‘ldirish uchun odatda tabiiy mahsulotlarni ratsionga kiritish tavsiya etiladi. Shu jumladan, baliq ham ushbu mavsumda iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotlar qatoridan joy olgan.

Immunitet tizimini mustahkamlaydi
Organizm uchun butun yil davomida kuchli immunitet kerak, ayniqsa, qishda. Baliq selen moddasiga boy, u kuchli immunitetni mustahkamlovchi xususiyatlarga ega. Ushbu mineralning yetishmasligi natijasida tananing immunitet reaksiyasi sustlashadi, viruslarning «hujumiga» javob bermaydi, so‘ngra kasallik butun organizmni egallaydi. Selen immunoglobulin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va tanani virus hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalardan himoya qiladi. Umuman olganda, mineral baliq va dengiz mahsulotlarining barcha turlarida mavjud, ammo oq navlari uning ko‘p qismini o‘z ichiga oladi.

Miya faoliyatini rag‘batlantiradi
Ob-havo bulutli, sovuq bo‘lsa, diqqatni jamlash juda qiyin bo‘lishi mumkin. Muammoni omega-3 kislotalariga juda boy bo‘lgan baliqlarni muntazam iste’mol qilish orqali bartaraf mumkin. Ilmiy jihatdan tasdiqlangan bu foydali yog‘lar miya hujayralarida membranalarni qurish, shuningdek, yallig‘lanishning oldini olish va oksidlovchi stressni kamaytirish uchun zarurdir. Ular xotira, konsentratsiya va ish faoliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Omega-3 har qanday baliqda bo‘lishiga qaramay, mutaxassislar qishda yog‘li turlariga e’tibor berishni tavsiya qiladi.

Yurakni himoya qiladi
Omega-3 kislotalari nafaqat miya, balki yurak uchun foydali. Ular yurak mushaklarini mustahkamlaydi, tomirlarni yanada elastik qiladi, ularning klasifikatsiyasining oldini oladi. Bundan tashqari, omegalar qondagi xolesterin miqdorini nazorat qilishga yordam beradi: yomon xolesterin ishlab chiqarishni kamaytiradi va yaxshi xolesterin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Shu bilan yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi.

Teri holatini yaxshilaydi
Baliq tarkibida omega-3 kislotalari yana bir ajoyib xususiyatga ega: ular A vitaminini sezilarli darajada oshiradi. O‘simlik manbalaridan farqli o‘laroq, u beta-karotin shaklida bo‘lib, A vitaminiga aylantirilishi kerak, yog‘li baliqlarda esa u tabiiy ravishda mavjud. Retinol terining sog‘liq va yoshlikning kaliti ekanligi ma’lum: u oziqlantiradi, kamchiliklarga qarshi kurashadi va qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Uyquni yaxshilaydi
Qishda ko‘pchilik doimiy stress va tushkunlikni boshdan kechiradi. Inson o‘zini yaxshi his qilish uchun yetarlicha uxlashi kerak. Sog‘lom uyqu tanadagi D vitamini miqdori bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u sovuq mavsumda aksariyat mamlakatlar aholisi orasida yetishmaydi. Muntazam ravishda baliq iste’mol qilish D vitamini tanqisligini to‘ldirishga, uyquni me’yorlashtirishga yordam beradi va kun davomida organizmni energiya bilan ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qish faslida ko‘proq baliq iste’mol qilishning 5 sababi