11:57 / 15.02.2024
126

O‘zbekistonda Belarus traktorlarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Belarus traktorlarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi
Foto: O‘zA
O‘zbekistonda Belarus traktorlarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «Belta» axborot agentligiga tayanib O‘zA xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, «Minskiy motorniy zavod» OAJ hamda «Planeta Servis» MCHJ O‘zbekistonda dizel-generatorlari va kompressor stansiyalarini yig‘ishni tashkil etishga qaratilgan yangi loyiha bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu borada Belarus rusumli qishloq xo‘jaligi texnikasini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha litsenziya shartnomalari imzolangan.

Qayd etilishicha, kelgusida kompaniyalar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi traktorlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rejalashtirmoqda. 2023 yilda Minsk motor zavodi O‘zbekistonga traktor eksportini 2022 yilga nisbatan 1,6 barobarga oshirgan. O‘zbekistonda quriladigan yig‘ish sexi nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratadi, balki mamlakatga texnologiyalar import qilinishiga ham hissa qo‘shadi.

Oldinroq Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida 10 dan ortiq hujjatlar imzolangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda Belarus traktorlarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi