Foto: Unsplash
O‘zbekistonda 2022 yilning o‘tgan davrida 12 nafar bemorda jigar transplantatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur xastalik O‘zbekistonning mintaqaviy patologiyasi, hududda ko‘p uchraydigan kasalliklar sirasiga kiradi. Ushbu dardni davolashning eng maqbul chorasi esa a’zo ko‘chirib o‘tkazish, ya’ni jigar transplantatsiyasidir.
Shu boisdan akademik B.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida diffuz jigar kasalligi bilan kasallangan bemorlar sonini tahlil qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Natijada har yili ushbu kasallikning klinik ko‘rinishlari bilan Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasining maxsus bo‘limida 5000 nafardan ziyod bemor ushbu kasallik bo‘yicha davolanadi. Ulardan 500 nafari esa jigar transplantatsiyasiga potensial muhtoj bemorlar hisoblanadi.
Avvallari bu kabi bemorlarning aksariyati ushbu turdagi amaliyotlarni o‘tkazish uchun Hindiston, Turkiya, Isroil, Germaniya kabi mamlakatlarga borishga majbur bo‘lgan. Biroq O‘zbekistonda ham transplantologiyaning mazkur yo‘nalishi ham yildan yilga rivojlanib bormoqda.
Buning uchun markaz mutaxassislari Rossiyaning akademik B.I.Shumakov nomidagi transplantatsiya va sun’iy organlar markazida bir necha bor amaliyot o‘tab qaytgan. Shu bilan birga, Belarus bilan hamkorlik doirasida o‘zbek shifokorlari Minsk jarrohlik, transplantatsiya va gematologiya ilmiy-amaliy markazida ham bo‘lib, u yerda o‘tkazilgan o‘quv kurslarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Bularning barchasi 2021 yil O‘zbekistonda ilk bor ortotopik jigar transplantatsiyasi operatsiyasini muvaffaqiyatli bajarish imkonini berdi.
Ushbu yo‘nalishda ko‘p sonli jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish zarurati tufayli bugunga kelib, muassasamizda gepatobiliar jarrohligi va jigar transplantatsiyasining ikkita yangi bo‘limi tashkil etildi. Natijada o‘tgan 2021 yil markazda 8 ta mustaqil jigar transplantatsiyasi amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. 2022 yilning shu davriga qadar esa yana 12 ta ana shunday murakkab amaliyot o‘tkazildi, — deydi akademik B.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jarrohi, professor Mirshavkat Akbarov.
Ta’kidlanishicha, 2023—2024 yillardan boshlab ushbu turdagi amaliyotlarni hududlarda ham joriy etish rejalashtirilgan. Shu bois ayni paytda bu yo‘nalishda mintaqaviy mutaxassislar tayyorlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi