date

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ona va qiz vatanga qaytdi

Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ona va qiz vatanga qaytdi

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol va uning voyaga yetmagan qizi vatanga qaytarildi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan. Uning shaxsiy hujjatlari yo‘qolgani bois, vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan, voyaga yetmagan qizi esa bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus muassasada bo‘lgan.

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining vakolatxonasi tomonidan zarur choralar ko‘rildi. Konsullik xodimlari ayol va farzandining hujjatlarini tiklash, vatanga qaytish uchun ruxsatnomalar va chiptalar tayyorlash ishlarini amalga oshirdi.

Natijada, ona va qizi Krasnoyarsk–Toshkent aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarildi. Rasmiylar ularning holatini nazoratga olganini, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun xorijdagi fuqarolarga o‘z hujjatlarini saqlash va migratsiya qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini eslatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ona va qiz vatanga qaytdi