Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati +24...+27 daraja bo‘ladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyati cho‘l hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat +17...+22 darajagacha pasayadi.
Ertaga, 21 oktyabr kuni shimoli-g‘arbiy hududlardan bulutlilik O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Navoiy va Buxoro viloyatlarida kechasi va ertalab, qolgan hududlarda kun davomida ba’zi joylarda jadalligi birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
22 oktyabr, yakshanba kuni respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatildi.
Dam olish kunlari havo harorati kechalari +7...+12 daraja, kunduz kunlari +18...+23 daraja atrofida bo‘ladi.
Poytaxtda 20-22 oktyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 oktyabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +10...+13 daraja, kunduz kunlari +20...+23 daraja bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring