Taniqli bloger Temurmalikning otasining o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi

1 daqiqa o'qish651
Taniqli bloger Temurmalikning otasining o‘limi bilan bog‘liq holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi

Taniqli bloger Temurmalik o‘z otasining vafoti bilan bog‘liq holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, 14 aprel kuni otasi Samarqand shahar IIB xodimlari tomonidan Samarqand tumanidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borilgach, sirli sharoitda vafot etgan.

Blogerning yozishicha, otasi so‘nggi vaqtlarda Altsgeymer kasalligi bilan og‘rigan va oila tomonidan uy sharoitida parvarish qilingan. Biroq 10 aprel kuni u “noma’lum tarzda yo‘qolib” qolgan, bir kun davom etgan qidiruvdan so‘ng esa u ruhiy kasalliklar shifoxonasidan topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha paytda shanba kuni bo‘lgani uchun bemorni shifoxonadan faqat dushanba kuni ruxsat bilan olib ketish mumkinligi aytilgan. Dushanba kuni u uyga qaytarilgan, biroq ahvoli og‘ir bo‘lib, bir sutka o‘tib vafot etgan.

Bosh prokuratura ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlanganini tasdiqladi. Marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruv har tomonlama va xolis o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?