Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev e’tibori bilan O‘zbekiston birinchi prezidentining xotirasi abadiylashtirildi, maqbarasi barpo etildi. Islom Karimov tavallud topgan 30 yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Fidoyilarini e’zozlagan xalq hamisha hurmatga sazovor. Xotira tadbiri buning yana bir ifodasi bo‘ldi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning O‘zbekiston manfaati yo‘lida qilgan ishlari, insoniy fazilatlari yodga olindi”, — deyiladi xabarda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida o‘tgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Birinchi Prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Amaldorlarning korruptsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin