date

Ozodbek Nazarbekov o‘zbek futboli haqida qanday fikr bildirdi?

Ozodbek Nazarbekov o‘zbek futboli haqida qanday fikr bildirdi?

Taniqli boshlovchi va bloger Otabek Mahkamov tomonidan olingan qisqa intervyu davomida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga o‘zbek futboli haqida qiziqarli savol yo‘llandi.

— O‘zbek futboli bu... ya’ni bir so‘z yoki bir ibora bilan ta’rif bering, — dedi Otabek Mahkamov.

Bu savolga Ozodbek Nazarbekov qisqa va lo‘nda javob qaytardi:

— O‘zbek futboli — bu kelajak.

Suhbat davomida Otabek Mahkamov hozirda o‘zbek futboliga bag‘ishlangan hujjatli film ustida ish olib borayotganini ham ma’lum qildi.

— Biz ayni paytda o‘zbek futboli bilan bog‘liq hujjatli film tayyorlayapmiz. Ushbu film sizga manzur bo‘ladi degan umiddamiz, — dedi u.

Shundan so‘ng Ozodbek Nazarbekov Otabek Mahkamov faoliyati haqida ham iliq fikrlar bildirdi.

— Bu insonning O‘zbekistonga qo‘shayotgan hissasi katta. Mamlakatimiz va xalqimiz uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni yuqori saviyada taqdim etayotgan bloger do‘st sifatida hurmat qilaman. Men ham Otabekning videolarini qiziqish bilan kuzatib boraman. Agar biror loyihangizda mening yordamim kerak bo‘lsa, albatta ko‘mak berishga tayyorman, — dedi vazir.

Bunga javoban Otabek Mahkamov ham samimiy munosabat bildirdi.

— Siz menga katta yordamni allaqachon berib bo‘lgansiz. Xususan, «Sarson» qo‘shig‘ingizning klipida ishtirok etishim men uchun juda katta yordam bo‘lgan. Hatto buning foydasini hozirgacha ko‘ryapman, — dedi u.

Suhbat yakunida Ozodbek Nazarbekov mazkur klip haqida ham o‘z fikrini bildirdi.

— Albatta, men uchun sizning eng yaxshi ijro etgan rolingiz aynan shu bo‘lgan. Hatto boshqa rollaringiz orasida ham eng muvaffaqiyatlisi deb hisoblayman, — dedi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov o‘zbek futboli haqida qanday fikr bildirdi?