date

Eski An-24 va An-26 oʻrnini bosuvchi Il-114-300 samolyotlari 2026-yilda chiqadi

Eski An-24 va An-26 oʻrnini bosuvchi Il-114-300 samolyotlari 2026-yilda chiqadi

Birlashgan aviatsiya korporatsiyasi (OAK) maʼlumotlariga koʻra, Rossiyaning yangi Il-114-300 mintaqaviy yoʻlovchi samolyotlarini seriyali ishlab chiqarish 2026-yildan boshlanadi. Korporatsiya rahbari Vadim Badexa talabga qarab yiliga 6 tadan 12 tagacha havo kemasi ishlab chiqarish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hozirda ushbu rusumdagi ilk samolyotlar partiyasini sotib olish uchun bir nechta hududlar daʼvogarlik qilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, birinchi Il-114-300 layneri Arxangelsk viloyatiga topshirilishi kutilmoqda. OAK mutasaddilari mavjud ichki talabni toʻliq qondirish imkoniyati borligini taʼkidlamoqda.

Il-114-300 — bu Il-114 modelining chuqur modernizatsiya qilingan varianti boʻlib, u ichki va mintaqaviy yoʻnalishlar uchun moʻljallangan. Layner 68 nafar yoʻlovchini tashishga qodir va maksimal yuk bilan 1400 km masofagacha parvoz qila oladi. Uning asosiy ustunligi kichik, qisqa va hatto tuproqli uchish-qoʻnish yoʻlaklaridan foydalana olishidir.

Yangi havo kemasi maʼnan eskirgan An-24 va An-26 samolyotlari, shuningdek, xorijning ATR-72 va Bombardier Dash 8 modellarining oʻrnini bosishi kutilmoqda. Samolyot toʻliq Rossiya tizimlari, jumladan, TV7-117ST-01 turbovintli dvigatellari bilan jihozlangan boʻlib, Arktika sharoitida ham ishlashga moslashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Eski An-24 va An-26 oʻrnini bosuvchi Il-114-300 samolyotlari 2026-yilda chiqadi