date

Amazon Prime Day 2026 aksiyasi 23-26-iyun kunlari boʻlib oʻtadi

Amazon Prime Day 2026 aksiyasi 23-26-iyun kunlari boʻlib oʻtadi

Amazon kompaniyasi seshanba kuni oʻzining har yillik anʼanaviy Prime Day savdo tadbiri joriy yilning 23-26-iyun kunlari oʻtkazilishini eʼlon qildi. Bu yilgi chegirmalar mavsumi odatdagidan biroz vaqtliroq boshlanmoqda, chunki Prime Day tadbirlari qoidaga koʻra iyul oyida tashkil etilar edi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniyaning rasmiy blogida keltirilishicha, Prime aʼzolari yetakchi brendlar, trenddagi mahsulotlar va Amazon eksklyuziv tovarlarini hamyonbop narxlarda xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, yangi oziq-ovqat mahsulotlari, yozgi anjomlar va oʻquv mavsumi uchun zaruriy buyumlar tezkor hamda bepul yetkazib berish xizmati bilan taqdim etiladi.

Ilgari Prime Day asosan qimmatbaho va hashamatli buyumlar xaridi bilan bogʻliq boʻlgan boʻlsa, soʻnggi yillarda xaridorlar koʻproq kundalik ehtiyoj mollariga eʼtibor qaratmoqda. Amazon vakillarining CNBC telekanaliga maʼlum qilishicha, bu yilgi aksiyada ozi-ovqat va uy-roʻzgʻor buyumlari asosiy oʻrinni egallaydi.

Bunday strategiya hozirgi iqtisodiy vaziyatda mantiqiy koʻrinadi. Michigan universiteti maʼlumotlariga koʻra, AQSHda isteʼmolchilar kayfiyati murakkab iqtisodiy sharoit tufayli may oyida rekord darajadagi past koʻrsatkichga tushgan. Shunga qaramay, oʻtgan yilgi Prime Day davrida AQSH riteylerlari 24,1 milliard dollar onlayn savdo hajmini qayd etgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Amazon Prime Day 2026 aksiyasi 23-26-iyun kunlari boʻlib oʻtadi