
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida noqonuniy oltin savdosiga oid holatni fosh etdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Operatsiya iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Mazkur ish bo‘yicha Navoiy va Samarqand viloyatlaridan uch nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Ulardan jami vazni 475 gramm bo‘lgan ikki dona oltin quymasi musodara qilindi. Ushbu oltinlar noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgani aniqlandi.
Musodara qilingan oltinlarning umumiy qiymati 740,4 million so‘mni tashkil etdi. Qo‘lga olish operatsiyasi gumonlanuvchilarning kelishilgan summaning bir qismini olayotgan vaqtida amalga oshirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.