date

Qamchiq dovoni harakat uchun ochildi

Qamchiq dovoni harakat uchun ochildi
Soat 12:00 dan boshlab Toshkent viloyatini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun ochildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Harakat cheklovlari soat 02:30 da qor ko‘chishi xavfi va qor yog‘ishi sababli joriy etilgan edi. Ushbu qaror haydovchilar va yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash uchun qabul qilingan.

Bungacha Toshkent viloyatida Qamchiqdan o‘tish cheklovlariga rioya qilinishini nazorat qilish uchun olti harakatlanuvchi Yo‘l-patrul xizmati posti faoliyat yuritgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovoni harakat uchun ochildi