Chempionlar ligasida hal qiluvchi tur: bugun tunda Yevropa "yonadi"...

Bugun UYEFA Chempionlar ligasining umumiy guruh bosqichida so‘nggi — 8-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ana shu turdan keyin musobaqaning keyingi bosqichiga chiqqan 24 jamoa nomi aniq bo‘ladi. Qisqasi, bu kecha “hisob-kitob” kechasi — bir gol butun mavsum taqdirini o‘zgartirishi mumkin.
Muxlislar uchun eng yoqimlisi: deyarli barcha o‘yinlar bir vaqtda start oladi. Demak, tabloda yangilanishlar ketma-ket tushadi, nervlar esa… yaxshi, o‘zingiz tushundingiz.
Quyida 8-tur o‘yinlari ro‘yxati:
01:00 «Ayntraxt» – «Tottenxem»
01:00 «Arsenal» – «Qayrat»
01:00 «Atletik B» – «Sporting»
01:00 «Atletiko M» – «Budyo/Glimt»
01:00 «Ayaks» – «Olimpiakos»
01:00 «Bayer» – «Vilyarreal»
01:00 «Barselona» – «Kopengagen»
01:00 «Benfika» – «Real Madrid»
01:00 «Borussiya D» – «Inter»
01:00 «Bryugge» – «Marsel»
01:00 «Liverpul» – «Qorabog‘»
01:00 «Manchester Siti» – «Galatasaray»
01:00 «Monako» – «Yuventus»
01:00 «Napoli» – «Chelsi»
01:00 «Pafos» – «Slaviya Praga»
01:00 PSV – «Bavariya»
01:00 PSJ – «Nyukasl»
01:00 «Yunion S-J» – «Atalanta»
Bu kechada intriga bitta emas — bir nechta. Kimdir oxirgi chiptani ilib ketadi, kimgadir esa bir qadam yetmay qolishi mumkin. Tayyor turing: 01:00 dan keyin tablo “portlaydi”.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!