Futzal terma jamoamiz Osiyo kubogini Tojikistonga qarshi boshlaydi

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi qizg‘in davom etmoqda. Bugun esa muxlislar kutgan lahza: “C” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi turnirdagi ilk bahsini o‘tkazadi.
Futzalchilarimiz birinchi tur doirasida qo‘shni Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi — demak, kechki kayfiyat tayyor: kimdir ishdan ertaroq chiqadi, kimdir telefonni “bezovta qilmang”ga qo‘yadi.
Ma’lumot uchun, Nodir Eliboyev boshchiligidagi jamoani “C” guruhida oson o‘yinlar kutmayapti. Chunki keyingi turlarda ham navbat Yaponiya va Avstraliya termalariga keladi. Ya’ni guruhdagi har bir ochko, har bir gol — keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun oltinga teng.
Xulosa oddiy: start qanchalik ishonchli bo‘lsa, guruhdagi keyingi “katta” o‘yinlarga shunchalik xotirjam chiqamiz. Bugungi vazifa — birinchi qadamni qattiq qo‘yish. Muxlislar, 17:00 da uchrashamiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!