Tunda Toshkent aeroportida elektr o‘chib qoldi

1 daqiqa o'qish174
Tunda Toshkent aeroportida elektr o‘chib qoldi

Tunda Toshkent aeroportida elektr o‘chib qoldi

6 yanvar kuni tungi soatlarda Toshkent xalqaro aeroportida qisqa muddatli elektr uzilishi kuzatildi. Bu haqda Uzbekistan Airports rasmiy axborot berdi.
Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 02:28 da Qo‘yliq podstansiyasida yuzaga kelgan kichik texnik nosozlik sababli aeroport hududida elektr ta’minoti qisman uzilgan. Shu bilan birga, mazkur holat samolyotlarning qo‘nishi va uchishi jarayonlariga ta’sir ko‘rsatmagan.
Xabarga ko‘ra, aeroportning kelish va ketish zallari zaxira dizel generatorlar hamda UPS tizimlari orqali uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Barcha xizmatlar odatiy tartibda ishlashda davom etgan.
Mutaxassislarning tezkor harakatlari natijasida soat 02:49 ga kelib elektr ta’minoti to‘liq tiklangan. Kompaniya tomonidan yo‘lovchilarga yetkazilgan har qanday vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan va tushunish uchun minnatdorlik bildirilgan.
Rasmiylar vaziyat to‘liq nazorat ostida bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?