Yaponiyada yilning ilk auksionida tunets 3,2 mln dollarga sotildi

1 daqiqa o'qish237
Yaponiyada yilning ilk auksionida tunets 3,2 mln dollarga sotildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Yaponiyada 5 yanvar kuni 243 kilogrammlik ko‘k tunes 510 million iyenaga, ya’ni taxminan 3,2 million dollarga sotildi.
  • Aomori prefekturasida tutilgan baliqning narxi 1999 yilda o‘rnatilgan avvalgi rekorddan oshdi.
  • Savdoda Kiyomura Corp. kompaniyasi g‘olib bo‘ldi, uning rahbari Kiyosi Kimura esa Yaponiyada “tunes qiroli” sifatida tanilgan.
  • Baliq auksiondan so‘ng bo‘laklanib, Sushi Zanmai restoranlari mijozlariga taqdim etildi.
Yaponiyada yil boshi an’anaviy ravishda katta qiziqish uyg‘otadigan baliq auksioni bilan boshlandi. 5 yanvar kuni o‘tkazilgan navbatdagi savdoda ko‘k tunets tarixdagi eng qimmat narxlardan biriga sotilib, yana bir rekord qayd etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, og‘irligi 243 kilogrammni tashkil etgan ko‘k tunets 510 million iyenaga, ya’ni taxminan 3,2 million dollarga xarid qilingan. Ushbu baliq Yaponiyaning Aomori prefekturasi hududida tutib olingan bo‘lib, savdo natijasi 1999 yilda o‘rnatilgan avvalgi rekorddan ham oshib ketdi.
Tokiodagi Toyosu bozorida o‘tadigan yilning ilk auksionlari yapon biznes an’analarida alohida ahamiyatga ega. Mahalliy ishbilarmonlar orasida birinchi savdoda eng asosiy lotni qo‘lga kiritish omad va muvaffaqiyat ramzi, degan qarash mavjud.
Bu galgi savdoni ham mashhur Sushi Zanmai restoranlar tarmog‘iga egalik qiluvchi Kiyomura Corp. kompaniyasi yutib oldi. Kompaniya rahbari Kiyosi Kimura bu auksionlarda yillar davomida faol qatnashib keladi va doimiy ravishda yuqori narxlar taklif qilishi bilan tanilgan. Shu bois u Yaponiyada “tunets qiroli” sifatida mashhur.
Kimura jurnalistlarga bergan izohida narx bu qadar keskin oshishini kutmaganini tan oldi. U avval ham bir necha bor rekord summalar evaziga tunets sotib olgan bo‘lib, 2019 yildagi xaridi ham bozor tarixida alohida o‘rin egallagan edi.
Auksion yakunlangach, qimmatbaho tunets darhol bo‘laklanib, Sushi Zanmai restoranlari mijozlariga taqdim etildi. Ko‘plab tashrif buyuruvchilar bunday taomni yilni omad bilan boshlash belgisi, deb qabul qilishini ta’kidlamoqda.
Yaponiyada yilning ilk auksionlari nafaqat iqtisodiy, balki madaniy voqea sifatida ham qaraladi va har safar butun dunyo e’tiborini o‘ziga jalb qiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?