date

AQSH elchixonasining hamdardligi ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri prevyu bilan chiqmoqda

AQSH elchixonasining hamdardligi ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri prevyu bilan chiqmoqda

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Braun universitetida sodir bo‘lgan otishmada halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Muhammada’ziz Umurzakovning yaqinlariga bildirgan hamdardlik bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri ko‘rinishda aks etmoqda. Bu holatga Kursiv Uzbekistan e’tibor qaratdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Facebook foydalanuvchilari havolani ulashganda, xabarning mazmuni o‘rniga AQSHdan o‘zbekistonliklar deportatsiyasi haqidagi sarlavha va turli irq vakillaridan iborat kulayotgan yoshlar surati chiqmoqda. Aslida esa hamdardlik matni elchixona rasmiy saytida 15 dekabr kuni, Braun universitetidagi fojiadan bir kun o‘tib e’lon qilingan.

Bayonotda elchi Jonatan Henik nomidan 13 dekabr kuni Braun universiteti talabasi Muhammada’ziz Umurzakovning fojiali o‘limi haqidagi xabar chuqur qayg‘u bilan qabul qilingani, marhumning oilasi, do‘stlari va kursdoshlariga hamdardlik bildirilgani aytiladi. Shuningdek, uning porloq kelajagi barbod bo‘lgani katta yo‘qotish ekani ta’kidlanib, marhumga Ollohdan rahmat so‘ralgan.

Biroq ijtimoiy tarmoqlar va Google News’da ushbu material boshqa ko‘rinishda chiqmoqda. Xususan, Facebook’da havola prevyusida SEO-sarlavha sifatida “Removal of Uzbekistanis from the United States” (“AQSHdan o‘zbekistonliklarni deportatsiya qilish”) paydo bo‘ladi. X platformasida ham ayni sarlavha ostida “AQSH hukumati O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning 100 dan ortiq fuqarosini deportatsiya qildi…” mazmunidagi tavsif tortib kelinmoqda.

Google News lentasida ham deportatsiya haqidagi sarlavha saqlanib qolgan, surat esa hamdardlik mavzusiga aloqador bo‘lmagan rasmiy tadbir fotosi bilan chiqmoqda. 6 yanvar holatiga ko‘ra, muammo hanuz dolzarb.

Kursiv Uzbekistan masala yuzasidan AQSH elchixonasidan izoh so‘ragan. Elchixona matbuot xizmati vaziyat texnik nosozlik bilan bog‘liqligini bildirib, ijtimoiy platformalardagi havola prevyulari muammosidan xabardor ekanini, yaqin oylar ichida yangi veb-platformaga o‘tilgach, bu kamchilik bartaraf etilishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Muhammada’ziz Umurzakov AQSHning Rod-Aylend shtati, Providens shahridagi Braun universitetining muhandislik korpusida sodir bo‘lgan otishmada halok bo‘lgan ikki kishidan biri edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » AQSH elchixonasining hamdardligi ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri prevyu bilan chiqmoqda