date

Oʻzbekiston—Tojikiston chegarasida logistika markazi qurilishi rejalashtirilmoqda

Oʻzbekiston—Tojikiston chegarasida logistika markazi qurilishi rejalashtirilmoqda

Oʻzbekiston—Tojikiston davlat chegarasida yangi logistika markazini barpo etish rejalashtirilmoqda. Xovar agentligi xabariga koʻra, loyiha uchun asosiy joy sifatida “Oʻybek — Fotexobod” chegara-oʻtkazish punkti atrofidagi hudud koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Hozirda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda: jumladan, markazning iqtisodiy samaradorligi baholanmoqda. Bu bosqichlar Yevrosiyo taraqqiyot banki (YTB)ning texnik yordam jamgʻarmasi moliyaviy koʻmagida amalga oshirilayotgani aytiladi.

Tashabbus Tojikistonning transport sohasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmini ilk bor sinovdan oʻtkazish tajribasi boʻlishi kutilmoqda. YTB vakillariga koʻra, yangi logistika tuguni yuk tashish jarayonlarini yanada optimallashtirishga xizmat qilishi mumkin.

Avvalroq ikki davlat “Oʻybek — Fotexobod” punkti hududida logistika va ishlab chiqarish infratuzilmasini oʻz ichiga olgan savdo-sanoat zonasini tashkil etish imkoniyatini ham muhokama qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekiston—Tojikiston chegarasida logistika markazi qurilishi rejalashtirilmoqda