Kreditni to‘lamagan qarzdorning avtomashinasi xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining 16.02.2026 yildagi qarzdor fuqarodan “HAYOT BANK” aksiyadorlik jamiyati foydasiga 231,5 mln. so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosining Sardoba tuman bo‘limiga yuklatilgan.
Ijro hujjati talabini ixtiyoriy muddatda bajarish yuzasidan qarzdor rasman ogohlantirilib, bajarmaslik oqibatlari tushuntirilgan.
Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganligi bois, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli “HYUNDAI ELANTRA” rusumli avtomashina xatlangan va jarima maydoniga joylashtirilgan.
Hozirda mazkur avtomashinani auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmokda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing