date

Rossiyada 1700 dan ortiq asalari ortilgan yuk mashinasi yo‘qoldi

Rossiyada 1700 dan ortiq asalari ortilgan yuk mashinasi yo‘qoldi

Rossiyada O‘zbekistondan olib kirilgan 1728 ta asalari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri topilmayapti. Bu haqda Life nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyi boshida fura Astraxan viloyatidagi chegara punktidan o‘tgan. Keyinchalik u Kurgan viloyatidagi maxsus karantin hududiga yo‘l olishi kerak bo‘lgan, ammo belgilangan manzilga yetib bormagan.

Qayd etilishicha, xorijdan olib kirilgan asalarilar uchun karantindan o‘tish majburiy hisoblanadi. Chunki ular turli infeksiyalar va parazitlarni olib kirishi mumkin. Biroq mahalliy aholiga ko‘ra, belgilangan karantin hududi bunday yukni qabul qilishga tayyor bo‘lmagan — zarur uskunalar va sharoitlar yetishmagan.

Shundan so‘ng faollar tegishli idoralarga murojaat qilgan, asalarichilar esa prokuratura va ichki ishlar organlariga ariza yo‘llagan. Hozirda yuk mashinasi va haydovchi butun mamlakat bo‘ylab qidirilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, nazoratsiz olib kirilgan asalarilar mahalliy turlarga jiddiy xavf tug‘dirishi, hatto ommaviy qirilishga sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ularning chaqishi kuchli allergik reaksiyalar va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoli ham bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada 1700 dan ortiq asalari ortilgan yuk mashinasi yo‘qoldi